Musaeva Dilsuz Tuychievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

     I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “J.Oruell va N.Eshonqul asarlarida qahramonlar ruhiyatining badiiy-psixologik talqini (“1984” va “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” romanlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1824.
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 (bir martalik)
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jorj Oruellning “1984” va Nazar Eshonqulning “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” antiutopik romanlarida qahramonlar ruhiyatining badiiy-psixologik talqini muammosini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr ingliz ba o‘zbek nasrida badiiy psixologizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘tgan asrning 70-80-yillarida G‘arbiy Evropada ingliz, fransuz va rus ijodkorlarining ta’siri bo‘lgani, o‘z asarlarida tasvirlangan qahramonlarining ichki dunyosini taftish qilishga alohida e’tibor bera boshlangani, ushbu yo‘nalish adabiy tendensiyaga aylanib borayotganligi  ochib berilgan;
“1984” va “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” romanlari bosh qahramonlari ruhiyatida id va superego o‘rtasidagi muntazam kurash natijasi halokatga etaklasa-da, idning g‘olib bo‘lishi, ular idni engishga, superego qonuniyatlarini qabul qilishga qanchalik harakat qilishmasin, insonga xos his-tuyg‘ular, ong osti istaklari bundan ustun kelishi asoslangan;
J.Oruell va N.Eshonqulning antiutopik asarlarida xronotop yaratish uslubida ham shahar xronotopi, xona xronotopi (101-xona, 113-xona kabi), yo‘lak yoki yo‘l xronotopi kabi mushtarakliklar borligi, asardagi qahramonlar ruhiyati ham mana shu xronotoplar ta’sirida gohi sokinlik, ozodlik, gohida esa tutqunlik, ojizlik hissiyotlarini namoyon qilishi  dalillangan;     
Jorj Oruell va Nazar Eshonqul ijodida badiiy psixologizmni aniqlash orqali adiblarning badiiy tafakkuri,  o‘z mamlakatlaridagi davr qarama-qarshiliklarini teran anglaganliklari hamda ularni badiiy jihatdan mukammal aks ettirish salohiyatlaridagi mushtarakligi  isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jorj Oruell va Nazar Eshonqulning antiutopik asarlarida qahramonlar ruhiyatining badiiy-psixologik talqini bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
XX asr ingliz ba o‘zbek nasrida badiiy psixologizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘tgan asrning 70-80-yillarida G‘arbiy Evropada ingliz, fransuz va rus ijodkorlarining ta’siri bo‘lgani, o‘z asarlarida tasvirlangan qahramonlarining ichki dunyosini taftish qilishga alohida e’tibor bera boshlagani, ushbu yo‘nalish adabiy tendensiyaga aylanib borayotganligi  ochib berilganiga doir xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 30-martdagi 147/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Jorj Oruell va Nazar Eshonqul asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili, adabiy mushtaraklik va adabiy o‘xshashlik, adabiy ta’sir va taqlid kategoriyalari nazariy tavsiflangan va ularning farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini bergan;
J.Oruell va N.Eshonqulning antiutopik asarlarida xronotop yaratish uslubida ham shahar xronotopi, xona xronotopi (101-xona, 113-xona kabi), yo‘lak yoki yo‘l xronotopi kabi mushtarakliklar borligi, asardagi qahramonlar ruhiyati ham mana shu xronotoplar ta’sirida gohi sokinlik, ozodlik, gohida esa tutqunlik, ojizlik hissiyotlarini namoyon qilishi  ochib berilganiga doir xulosalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2021-2022 yillarda bajarilgan SUZ80021IN3114-M001 raqamli “Drama Club” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 13-fevraldagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘garak ishtirokchilarining adabiyotshunoslik asoslaridan bilimlarini oshirish imkonini bergan;
Jorj Oruell va Nazar Eshonqul badiiy psixologizmni aniqlash orqali adiblarning badiiy tafakkuri,  o‘z mamlakatlaridagi davr qarama-qarshiliklarini teran anglaganliklari hamda ularni badiiy jihatdan mukammal aks ettirish salohiyatlaridagi mushtarakligi  isbotlanganiga oid xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 2-maydagi 01-1895-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilarining adabiyotshunoslikni qiyosiy kontekstda o‘rganish bilimlari va loyiha samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“1984” va “Go‘r o‘g‘li yoxud Hayot suvi” romani bosh qahramonlari id va superego o‘rtasidagi muntazam kurash natijasi halokatga etaklasa-da, idning g‘olib bo‘lishi, ular idni engishga, superego qonuniyatlarini qabul qilishga qanchalik harakat qilishmasin, insonga xos his-tuyg‘ular, ong osti istaklari bundan ustun kelishi asoslanganiga oid xulosa va natijalardan “Qashqadaryo” telekanalining “Fayzli kun” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-fevraldagi 17-05/32-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish