Xamidova Sevara Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):    “Ingliz va o‘zbek tillarida badiiy matn paradokslarining lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 –  Qiyosiy  adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil1468.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi paradokslarning  badiiy matnlardagi lisoniy va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paradoks hodisasining oksyumoron, antiteza, antinomiya, xiazm kabi tasviriy vositalar bilan ichki va tashqi zidlik kabi birlashtiruvchi va maʼnoning dinamikligi singari farqlovchi belgilari mavjudligi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida paradoksal ma’nolarning eksplikatsion va implikatsion shakllanishi, ularning strukturaviy-semantik, uslubiy va allegorik-aforistik xususiyatlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida paradoksning grafik, fonologik, leksik, morfologik, sintaktik kabi lingvistik modellari aniqlangan, lingvokulturologik  hamda stilistik  xususiyatlari qiyosiy – chogʼishtirma aspektda ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “o‘pkasini qo‘ltiqlamoq” (like a  bat out of hell,to beat a hasty retreat ), “oyog‘ini qo‘liga olib qochmoq”( get your skates on), “bir boshini ikkita qilmoq” (tie the knot, get hitched), “boshini olib chiqib ketmoq” (hit the road,duck out, storm off) kabi frazeologik paradokslarning ziddiyatli maʼno xususiyatlari va badiiy matndagi o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida paradokslarning lingvomadaniy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
paradoks hodisasining oksyumoron, antiteza, antinomiya, xiazm kabi tasviriy vositalar paradoks hodisasining oksyumoron, antiteza, antinomiya, xiazm kabi tasviriy vositalar bilan ichki va tashqi zidlik kabi birlashtiruvchi va maʼnoning dinamikligi singari farqlovchi belgilari mavjudligi ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan “O‘qish va yozuv” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan 232-623-raqamda tasdiqlangan nashr guvohnomasi). Natijada darslikning ikkinchi qismining nazariy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida paradoksal ma’nolarning eksplikatsion va implikatsion shakllanishi, ularning strukturaviy-semantik, uslubiy va  allegorik-aforistik xususiyatlari haqidagi xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 4-apreldagi 888/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda hamda talabalar va o ’qituvchilarning bilim va malakalarini oshirishga hissa qo‘shgan;
ingliz va o‘zbek tillarida paradoksning grafik, fonologik, leksik, morfologik, sintaktik kabi lingvistik modellari aniqlangan, lingvokulturologik  hamda stilistik  xususiyatlari qiyosiy – chogʼishtirma aspektda ochib berilganligi haqidagi xulosalaridan Belarus davlat texnologiya universitetining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan № 31-son “Texnika universiteti talabalari o‘rtasida ikkinchi darajali lingvistik shaxsni shakllantirishning akmeologik kasbiy yo‘naltirilgan modeli doirasida chet tilini o‘zgaruvchan o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Belarus davlat texnika universitetining 2023-yil 6-apreldagi 31-VD-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallar universitetda talabalar uchun tarjimashunoslikda paradokslarning lingvokultrologik xususiyatlarini o‘qitishni samarali shakllantirishda, loyihada eksperimental  ishlarini amalga oshirishni tashkil etishda, shuningdek, madaniyatlararo muloqat yordamida talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini boyitishga yordam bergan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “o‘pkasini qo‘ltiqlamoq” (like a  bat out of hell,to beat a hasty retreat ), “oyog‘ini qo‘liga olib qochmoq”( get your skates on), “bir boshini ikkita qilmoq” (tie the knot, get hitched), “boshini olib chiqib ketmoq” (hit the road,duck out, storm off) kabi frazeologik paradokslarning ziddiyatli maʼno xususiyatlari va badiiy matndagi o‘rni xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023- yil 31-martdagi 04-36-486-son ma’lumotnomasi). Natijada  ingliz va o‘zbek tillarida paradokslarning  o‘ziga xos xususiyatlari, ziddiyatlikni anglatuvchi boshqa stilistik vositalardan farqlovchi belgilar hamda  ingliz tilidagi  badiiy matnlarda paradoksal matnlarning  linvokultrologik aspektlari doirasida teletomoshabinlarda tasavvur  shakllanishiga  erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish