Xaitov Xamza Axmadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti badiiy taraqqiyotida xalq kulgusining o‘rni” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fil460.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: O‘raeva Darmonoy Saidahmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmurodov Abduhamid, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi ayrim nasriy, she’riy va dramatik asarlarda uchraydigan og‘zaki qiziqchilik, masxarabozlik, xalq satirasi va yumori, askiya, lof, latifa kabi kulgiga asoslangan folklor janrlariga xos badiiy-kompozision xususiyatlar, so‘z o‘yinlarining ta’sirini, ijodkorlarning poetik-uslubiy mahoratini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek adabiyoti poetik taraqqiyotiga xalq og‘zaki qiziqchilik, masxarabozlik san’ati, satira va yumor kulgi tiplari, askiya, lof, latifa singari folklor janrlarining g‘oyaviy-estetik, badiiy-kompozision ta’siri asoslangan;
o‘zbek xalq maydon kulgisi, og‘zaki drama, askiya va lof san’ati, latifachilik an’analarining nasriy, she’riy, dramatik asarlar paydo bo‘lishidagi o‘rni, ahamiyati, ularning badiiy sintezlashish tamoyillari, stilizatsiyalangan, analitik folklorizmlar misolida aniqlangan;
o‘zbek adabiyotida xalq kulgisi ta’sirida yaratilgan hajviya, satira, hangoma, roman va qissalardagi syujet motivlar, kulgi hikoyalar, she’riy latifa va loflar, komediya hamda intermediyalar poetikasi ochib berilgan;
o‘zbek adabiyotida askiya, lof, latifa syujeti, motiv va obrazlari, an’anaviy xarakter kulgisi tiplaridan ijodiy foydalanib yaratilgan asarlarning etnomadaniy va didaktik, satirik hamda yumoristik, kinoyaviy kontekst sifatidagi matn pragmatikasi xususiyatlari antropotsentrik yondashuv asosida dalillangan;
zamonaviy o‘zbek adabiyotida floronim hamda faunimlar asosida shakllantirilgan “laqab”lar, afandi, askiyaboz, lofchi obrazlari, xarakter kulgi tiplari ifodasi bilan bog‘liq lingvopoetik, fonostilistik vositalar, dialog va monolog, nutqda makaronizm, vulgar so‘z, qochirim, kinoya, so‘z o‘yini qo‘llashning paralingvistik, okkazional belgilari asoslangan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti badiiy taraqqiyotida xalq kulgusining o‘rnini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 zamonaviy o‘zbek adabiyoti poetik taraqqiyotiga xalq og‘zaki qiziqchilik, masxarabozlik san’ati, satira va yumor kulgi tiplari, askiya, lof, latifa singari folklor janrlarining g‘oyaviy-estetik, badiiy-kompozision ta’siri bilan bog‘liq xulosalardan OT-F-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish (2019-2022-yy) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2023-yil 17-avgustdagi 04/1-1518-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek hajvchiligining yozma adabiyotga ta’siri, og‘zaki drama namunasi hisoblangan askiyalarning adabiy janrlarga sintezlashuvi, analitikasini tahlil va tasnif qilishga erishilgan;
o‘zbek adabiyotida xalq kulgisi ta’sirida yaratilgan hajviya, satira, hangoma, roman va qissalardagi syujet motivlar, kulgi hikoyalar, she’riy latifa va loflar, komediya hamda intermediyalar poetikasi tahlillarini talqin qilishda ushbu dissertatsiya xulosalaridan 60110500-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tehsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Ona tili o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darsligidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, 391073 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yangi bosqichida paydo bo‘lib, taraqqiy qilib borayotgan hangoma she’rlarning qofiyalanish tartibi, ularda zamon va makon masalalarining uyg‘unligi, voqealar ifodasining o‘ziga xos xususiyatlari, munosib echimga ega ekanligi dalillangan;
o‘zbek adabiyotida askiya, lof, latifa syujeti, motiv va obrazlari, an’anaviy xarakter kulgisi tiplaridan ijodiy foydalanib yaratilgan asarlarning etnomadaniy va didaktik, satirik hamda yumoristik, kinoyaviy kontekst sifatidagi matn pragmatikasi xususiyatlari antropotsentrik yondashuvlardan FA-F1-005-raqamli O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qaraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qaraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 17-iyuldagi 290/1-son ma’lumotnoma). Natijada o‘zbek adabiyotida askiya, lof, latifa syujeti, motiv va obrazlari, an’anaviy xarakter kulgisining turlicha ta’siri  va ifodalari  ilmiy dalillangan;
zamonaviy o‘zbek adabiyotida floronim hamda faunimlar asosida shakllantirilgan “laqab”lar, afandi, askiyaboz, lofchi obrazlari, xarakter kulgi tiplari ifodasi bilan bog‘liq lingvopoetik, fonostilistik vositalar, dialog va monolog, nutqda makaronizm, vulgar so‘z, qochirim, kinoya, so‘z o‘yini qo‘llashning paralingvistik, okkazional belgilari badiiy asarlar taraqqiyotida tutgan ma’naviy ahamiyati haqida ilgari surilgan fikr-mulohazalardan Buxoro telekanalining “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Asarlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlarida tadqiqotchi bilan bevosita olib borilgan suhbat jarayonida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-martdagi 02-09-65-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek adabiyoti badiiy taraqqiyotida xalq kulgusining o‘rni o‘g‘zaki drama, askiya, latifa, lof syujeti, motiv va obrazlaridan ijodiy foydalanish asosida yaratilgan asarlarning o‘ziga xos etnomadaniy kontekst sifatidagi xususiyatlari ochib berilishi orqali ko‘rsatuvlarning ilmiy ommabopligini ta’minlashga, teletomoshabinlarda ijodiy fikrlash va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini orttirishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish