Kambarova Saodat Irkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida o‘qitish metodologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped444.
Ilmiy maslahatchi: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc. 03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Qo‘nisboy Abilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida integratsiyalab o‘qitishning metodologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida o‘qitishning metodologik asoslari o‘quvchilarning intellektual-estetik rivojlanishiga hissiy-refleksiv ta’sir ko‘rsatuvchi didaktik materiallarni o‘zlashtirishga doir virtual zamon, virtual makon, virtual detal kabi virtual prototiplardan muqobillarini tanlash va ta’lim jarayoniga muvofiqlashtirish orqali ochib berilgan;
adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida o‘qitish mexanizmi adabiy-nazariy tushunchalar va san’atning barcha turlariga xos obrazlilik, badiiylik kabi hissiy-emotsional kategoriyalarning mushtarak xususiyatlarini assosiativ kontekstlar bilan o‘zaro qiyoslash asosida takomillashtirilgan;
adabiyotni tasviriy san’at, musiqa, haykaltaroshlik, kino san’ati, amaliy san’at namunalari bilan qiyoslab o‘qitish usullari ijodkorlarning obraz yaratish mahorati, san’at turlari materiali, obrazlilikning muayyan voqea-hodisa va his-tuyg‘ularda aks etishiga integrativ yondashuv, muallif nuqtayi nazarining o‘quvchi badiiy-estetik tafakkuri rivojiga ta’siri, ruhiyat tasvirida ijodiy an’ana va individuallik tamoyillari asosida ochib berilgan;
adabiy ta’limning an’anaviy didaktik ta’minoti blok, tadqiqot, loyiha himoyasi darslari, ijodiy tanlama kurslar, to‘garak mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishga doir badiiy-tarixiy, biografik va lingvistik bilimlar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
adabiyotning o‘quv fani va san’at turi sifatidagi xususiyatlarini integratsiyalab o‘qitish metodikasi topshiriq-taqdimot, nostandart fikrlash, noodatiy g‘oyalar, nuqtayi nazarning o‘zgarishi kabi lateral-kreativ, hissiy-obrazli anglash metodlari tarkibiga kiruvchi asar qahramoni nomidan xayoliy xat yozish, “yo’qolgan” erizodni qayta tiklash, “mantiqiy mikrafon”ni uzatish, burime usullarini o‘quvchilarning badiiy-estetik komretensiyalarini shakllantirishga izchil va tizimli yo’naltirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida o’qitishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida o‘qitishning metodologik asoslari o‘quvchilarning intellektual-estetik rivojlanishiga hissiy-refleksiv ta’sir ko‘rsatuvchi didaktik materiallarni o‘zlashtirishga doir virtual zamon, virtual makon, virtual detal kabi virtual prototiplardan muqobillarini tanlash va tahlil jarayoniga muvofiqlashtirishga doir takliflar va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2022-yillar bajarilgan RZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning elektron rlatformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 20-iyundagi 01/10-1238-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali adabiy ta’lim samaradorligiga erishish imkoniyati ortgan;
adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida o‘qitish mexanizmi adabiy-nazariy tushunchalar va san’atning barcha turlariga xos obrazlilik, badiiylik kabi hissiy-emotsional kategoriyalarning mushtarak xususiyatlarini assosiativ kontekstlar bilan o‘zaro qiyoslash asosida takomillashtirishga doir taklif va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarga mo’ljallangan AM-F3-201908172- raqamli “O’zbek tilining ta’limiy korrusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 20-iyundagi 01.10-1235-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvshilarning adabiy komretensiyalarini adabiy-nazariy tushunchalar va estetik kategoriyalar uyg‘unligida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yaratilgan;
adabiyotni tasviriy san’at, musiqa, haykaltaroshlik, kino san’ati, amaliy san’at namunalari bilan qiyoslab o‘qitish usullari ijodkorlarning obraz yaratish mahorati, san’at turlari materiali, obrazlilikning muayyan voqea-hodisa va his-tuyg‘ularda aks etishiga integrativ yondashuv, muallif nuqtayi nazarining o‘quvchi badiiy-estetik tafakkuri rivojiga ta’siri, ruhiyat tasvirida ijodiy an’ana va individuallik tamoyillari tahlili asosida ochib berish bo‘yicha takliflardan Ijod maktablarining 8-sinf “Adabiyot” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 5-iyundagi 01-11-767-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning analitik o’qish, adabiy matn bilan ishlash va asar mohiyatini idrok etish ko’nikmalarini rivojlantirishning o’quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
adabiy ta’limning an’anaviy didaktik ta’minoti blok, tadqiqot, loyiha himoyasi darslari, ijodiy tanlama kurslar, to‘garak mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishga doir badiiy-tarixiy, biografik va lingvistik bilimlar integratsiyasi asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar Ijod maktablarining 9-sinf “Adabiyot” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 5-iyundagi 01-11-767-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ta’limning ilmiy-metodik, didaktik va estetik talablarini adabiyot darsliklari mazmuniga singdirishning pedagogik imkoniyatlari boyitilgan;
adabiyotning o‘quv fani va san’at turi sifatidagi xususiyatlarini integratsiyalab o‘qitish metodikasi topshiriq-taqdimot, nostandart fikrlash, noodatiy g‘oyalar, nuqtayi nazarning o‘zgarishi kabi lateral-kreativ, hissiy-obrazli anglash metodlari tarkibiga kiruvchi asar qahramoni nomidan xayoliy xat yozish, “yo’qolgan” erizodni qayta tiklash, “mantiqiy mikrafon”ni uzatish, burime usullarini o‘quvchilarning badiiy-estetik komretensiyalarini shakllantirishga izchil va tizimli yo’naltirish orqali takomillashtirishga oid tadqiqot natijalaridan “Adabiyot” darslik-majmualari, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan (Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Resrublika Ta’lim markazining 2023-yil 24-iyuldagi 01/11-01/6-647-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotni o‘quv fani va san’at turi sifatida integratsiyalab o‘qitish samaradorligi adabiy ta’limning optimal mazmuni va maqsadiga muvofiq zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.