Karimova Sohiba Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek nasrida tibbiyotga doir obrazlar talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1953.
Ilmiy rahbar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Quvvatov Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rajabova Burobiya Tangirovna, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek nasrida adabiyot bilan tibbiyotning o‘zaro munosabati, badiiy ijodda tibbiyotga doir obraz va boshqa unsurlarning muhim ahamiyati, badiiy matn tarkibidagi poetik vazifasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
badiiy adabiyot bilan tibbiyotning o‘zaro munosabati tekshirilib, inson ruhiy-ma’naviy olami har bir soha mutaxassisi uchun muhim ekani adabiy-tarixiy misollar asosida  isbotlangan;
A.Qahhor, A.Muxtor, Sh.Xolmirzaev, X.Sulton kabi o‘zbek adiblarining asarlaridagi shifokor va bemor obrazlari tabiati batafsil tekshirilishi natijasida ularning badiiy asar g‘oyasini ifodalashdagi poetik vazifasi hamda ijodiy individuallik masalasi jahon adabiyoti namunalari ijodiga qiyosan dalillangan;
adabiy-nazariy jihatdan badiiy adabiyotda voqelik tasviri uchun yo‘l, mehmonxona, mahalla kabi xronotop tiplari mavjudligi aniqlanib, ijodkorning badiiy maqsadiga mos bo‘lgan shifoxona xronotopi xususiyatlari ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi tibbiyotga doir obrazlar dinamikasi inson ichki va tashqi olamiga bog‘liq ravishda, tabiat manzaralari tasviri bilan uyg‘unligi isbotlangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek nasrida tibbiyotga doir obrazlar talqini masalasi tadqiqi bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi tibbiyotga oid obrazlarning nutqiy xususiyatlari, ular qo‘llagan atamalar, xususan, palata, shifokor, kasalxona, bemor, hamshira, muolaja kabi so‘zlar statistik jihatlarga yuklangan badiiylik ochib berilganligiga oid ilmiy natijalaridan, undagi ilmiy-nazariy qarashlardan Buxoro davlat universitetida 2020-2021-yillarda bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 27-sentyabrdagi 04/3117-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asar tili tahlili bilan tibbiyotga oid atamalar, nutqiy xususiyatlar va ularning adabiy matnda tutgan o‘rni haqidagi mavjud qarashlar boyigan;   
shifokor va bemor obrazlarini aniqlash, ularga turli aspektlarda tavsif berish, insonning ruhiy-psixologik xarakterini har ikki soha mutaxassislari nuqtayi nazaridan baholashda qo‘llanilgan badiiy nutq, psixologik shartlilik ramzlar asosida ko‘rsatib berilgan ilmiy materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023- yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil  4-oktyabrdagi  01/10-1988-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek nasridagi tibbiyotga doir obraz va uning turlari xususidagi nazariy tushuncha hamda  adabiy-estetik qarashlar qamrovi kengaytirilgan;
nasriy asarlarda shifoxonani voqealar kechadigan joy sifatida tadqiq qilish, adabiyotning boshqa yondosh sohalar bilan integratsiyasi, xususan, tibbiyot bilan munosabatini o‘rganish, zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi tibbiyotga oid obrazlarning tabiatiga oid tadqiqot natijalari va materiallaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-oktyabrdagi 01/10-1989-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotshunosligiga oid adabiy-nazariy fikrlar tibbiy obrazning makoni, zamoni va ularning badiiy goya ifodasi jarayonidagi vazifasiga tegishli qarashlar bilan boyitilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish