Abdreymov Yusupbay Turdibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasini qo‘llashning nazariy va amaliy muammolari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu325.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Okyulov Omonbay – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Paluaniyazov Xalmuxammed Aytjanovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasini qo‘llashni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moddiy madaniy meros obektini saqlash maqsadida davlat mulki hisoblangan obektni foydalanishga berish faqat vakolatli davlat organining qaroriga asosan faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga, bolalar nodavlat notijorat tashkilotlariga, nogironligi bo‘lgan shaxslar nodavlat notijorat tashkilotlariga, diniy tashkilotlarga tekin foydalanishga biriktirish mumkinligi asoslantirilgan;
davlat mulki hisoblangan obektni tekin foydalanishga biriktirib berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va tekin foydalanuvchi o‘rtasida tekin foydalanish shartnomasi tuzilishi zarurati asoslab berilgan;
mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat bojini kamaytirish huquqi, shuningdek, markaziy saylov komissiyasining a’zolari xizmat ko‘rsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga egaligi asoslantirilgan;
davlat mulkini tekin foydalanishga berish shartnomasini tuzuvchi taraf sifatida balansda saqlovchi yuridik shaxs ishtirok etishi va tekin foydalanish shartnomasiga muvofiq amalga oshirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
moddiy madaniy meros obektini saqlash maqsadida davlat mulki hisoblangan obektni foydalanishga berish faqat vakolatli davlat organining qaroriga asosan faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga, bolalar nodavlat notijorat tashkilotlariga, nogironligi bo‘lgan shaxslar nodavlat notijorat tashkilotlariga, diniy tashkilotlarga tekin foydalanishga biriktirish mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktyabrdagi “Moddiy madaniy meros obektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 881-son qarorining 1-ilovasining 27-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 26-apreldagi 12-18-5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tekin foydalanish shartnomasi tuzilishi orqali yuridik va jismoniy shaxslar huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat mulki obekti vakolatli davlat organining qaroriga muvofiq ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va tekin foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan tekin foydalanish shartnomasi asosida berilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktyabrdagi “Moddiy madaniy meros obektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 881-son qarori 1-ilovasining 28-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 26-apreldagi 12-18-5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tekin foydalanish shartnomasini turli sohalarda tuzilishi imkonini bergan;
mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat bojini kamaytirish huquqi, shuningdek, markaziy saylov komissiyasining a’zolari xizmat ko‘rsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga egaligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ–600-son, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–670-sonli qonunlarini shakllantirishda inobatga olinib, Davlat boji stavkalari miqdorlari “d” bandi “p” bandiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 1021-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 20-dekabrdagi 43-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi fuqarolar uchun davlat boji miqdorini kamaytirishga, saylov komissiyasi a’zolarining tekin foydalanish shartnomasini tuzishini belgilab bergan;
davlat mulkini tekin foydalanishga berish shartnomasini tuzuvchi taraf sifatida balansda saqlovchi yuridik shaxs ishtirok etishi va tekin foydalanish shartnomasiga muvofiq amalga oshirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ–821-sonli Qonuni 29-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2023-yil 1-maydagi 02/6-09-18-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tekin foydalanish shartnomasini davlat mulkidan foydalanishda tuzilishining huquqiy asosini belgilab bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish