Xalova Maftuna Abdusalamovnaning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “Hozirgi o‘zbek ayollar she’riyatida qalb tasviri va talqini (H.Xudoyberdieva, H.Ahmedova, Z.Mirzo ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil290.
Ilmiy rahbar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Quvvatova Dilrabo, filologiya fanlari doktori, professor; Afoqova Nodira, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek ayollar she’riyatida qalb tasviri va talqini masalasini gendirlik nuqtayi nazaridan ochib berish, ayol ijodkorlar asarlarida ayol badiiy olami poetik tasvirining o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar ijodida folklor janrlari alla, qo‘shiq, lapar, yor-yor, topishmoqlarda ayol orzulari, armonlari, niyatlari, xotiralari qayg‘u, shodlik, ayriliq, jasorat, vafo motivlari orqali berilganligi, jumladan allalarda farzandning ma’naviy va jismoniy kamoloti bolajonim, oppog‘im, farzandimning farzandi singari ochiq va toychog‘im, qo‘zichog‘im, lochinim kabi yopiq holatlarda aytilishi asoslangan;
Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo kabi shoiralar ijodida qalb, yurak, soch, ko‘z kabi mavhum makonlarning ko‘p takrorlanishi hamda ular she’riyatida g‘azal, qo‘shiq, bag‘ishlov, esse, ballada, marsiya, qasida, suhbat janrlarining yetakchiligi dalillangan;
“femenizm”, “gender tenglik” kabi tushunchalar Nina Beymning mehribon ona, sevimli yor, opa-singil sifatlari “Ayollar adabiyoti”, Daniela Stilning vafodorlik, muhabbat, ayol qadr-qimmati “O‘g‘irlangan baxt”, “Bo‘sa”, vafo, hijron, sog‘inch, ayriliq motivlari Zulfiyaning “Hayot varaqlari”, “Xotiram siniqlari” asarlari orqali isbotlangan;
Zulfiya, Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo asarlarida shakliy-kompozision, nutqiy-uslubiy, badiiy g‘oya va ifoda yaqinligi hamda faqat ayollar adabiyotiga xos individual uslub va poetik mahoratda intonatsiya, ritm, musiqiylik, bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, vazndagi soddalik, tushunarlilik, qofiyalardagi unli tovushlarning takrorlanishi ochib berilgan;
rus, belorus, fors-tojik, arab, o‘zbek adabiyotida ayol obraziga nisbatan qo‘llanilgan burch, sadoqat, iroda, go‘zallik, mehr kabi tushunchalarning uslubiy jihatdan vaqt va makondagi, ijtimoiy muhit tasviridagi, so‘z qo‘llashdagi, obraz tanlashdagi ayol ruhiy olami ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ayollar ijodida folklor janrlari alla, qo‘shiq, lapar, yor-yor, topishmoqlarda ayol orzulari, armonlari, niyatlari, xotiralari qayg‘u, shodlik, ayriliq, jasorat, vafo motivlari orqali berilganligi, jumladan allalarda farzandning ma’naviy va jismoniy kamoloti bolajonim, oppog‘im, farzandimning farzandi singari ochiq va toychog‘im, qo‘zichog‘im, lochinim kabi yopiq holatlarda aytilishi asosidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi FA-F-1-005-raqamli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining  2023-yil 15-fevraldagi 17-01/108-son ma’lumotnomasi). Natijada, marosim qo‘shiqlari, alla aytish, yor-yor, mavsum qo‘shiqlari ayollarning ishtirokisiz bo‘lmasligi masalasini qiyosiy-tipologik, ilmiy-nazariy metodlar asosida o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
    jahon adabiyotida ayol ijodkorligi fenomeni, ularning qalb kechinmalari rus, belorus, fors-tojik, arab, o‘zbek adabiyotida ayol obraziga nisbatan qo‘llanilgan burch, sadoqat, iroda, go‘zallik, mehr kabi tushunchalarning uslubiy jihatdan vaqt va makondagi, ijtimoiy muhit tasviridagi, so‘z qo‘llashdagi, obraz tanlashdagi ayol ruhiy olami ochib berishdagi masalasiga doir nazariy fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi FA-F1, G002-raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining  2023-yil 15-fevraldagi 17-01/108-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ayollar ijodida qalb dialektikasi tasvirini ochishda janrlar-ruhiy kayfiyat ifodalashga vositasi ekanligini teran idrok etishga xizmat qilgan;
    Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo kabi shoiralar ijodida qalb, yurak, soch, ko‘z kabi mavhum makonlarning ko‘p takrorlanishi hamda ular she’riyatida g‘azal, qo‘shiq, bag‘ishlov, esse, ballada, marsiya, qasida, suhbat janrlarining yetakchilik kasb etishi kabi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilayotgan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-77-raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor institutining 2023-yil 27-martdagi  29-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ayol ijodkorlar tomonidan yaratilgan ayol obrazining erkak ijodkorlar asarlaridagi ayol timsoli haqidagi tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
“femenizm”, “gender tenglik” kabi tushunchalar Nina Beymning mehribon ona, sevimli yor, opa-singil sifatlari “Ayollar adabiyoti”, Daniela Stilning vafodorlik, muhabbat, ayol qadr-qimmati “O‘g‘irlangan baxt”, “Bo‘sa”, vafo, hijron, sog‘inch, ayriliq motivlari Zulfiyaning “Hayot varaqlari”, “Xotiram siniqlari” asarlari orqali isbotlanganligiga doir fikrlardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus +  dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624 – EPP – 1 – 2015 – UK – EPPKA2 – CBHE – SP – ERASMUS + CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 15-martdagi 710/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahon adabiyotshunosligida ayol obrazini, uning qalb kechinmalari talqinini zamonaviy metodologiya asosida o‘rganish yanada takomillashishiga asos bo‘lgan;
ayollar she’riyatida qo‘llanishi muntazam bo‘lgan she’riy janrlar va shakllar xilma-xilligini o‘rganish, janr poetikasi – ruhiy kechinma tabiatini anglash usuli ekanligini dalillash, shuning bilan birga chet tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida “Jahon adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” kabi fanlarni o‘qitishda, vebinar darslarida talabalarning amaliy kompetensiyasini takomillashtirish maqsad qilingan o‘rinlardan 2014-2015-yillarda amalda oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovasion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 17-avgustdagi 148-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz, fransuz, rus, koreys, xitoy, yapon xalqlari adabiy durdonalarini masofaviy onlayn darslarda o‘qitish jarayonida professor-o‘qituvchilarning interfaol usullardan foydalanib dars o‘tish ko‘nikmalarini yanada kuchaytirish imkonini beradi;
Zulfiya, Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo asarlarida shakliy-kompozision, nutqiy-uslubiy, badiiy g‘oya va ifoda yaqinligi hamda faqat ayollar adabiyotiga xos individual uslub va poetik mahoratda intonatsiya, ritm, musiqiylik, bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, vazndagi soddalik, tushunarlilik, qofiyalardagi unli tovushlarning takrorlanishi kabi fikrlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat bo‘limining “Assalom, Samarqand!”  tonggi dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va natijalarga erishilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat bo‘limining 2023-yil 15-maydagi 01-07/167-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdagi ma’lumotlar jamiyatimizda ayollar va ularning orzu-intilishlari, qalb kechinmalariga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar ssenariysini boyitishga qaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish