Yakshibaev Temur Mingraxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p yarusli ruda shtabelida oltinni uyumda tanlab eritish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha samarali texnik echimlarni asoslash va ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2633.
Ilmiy rahbar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Zayirov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalimov Ilxom Ubaydullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p yarusli ruda shtabellarida portlatib ta’sir etish usulini qo‘llash orqali qoldiq oltinlarni uyumda eritmaga o‘tkazish samaradorligini oshirish buyicha texnologik echimlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoriqlar hosil bo‘lish zonasini maksimal radiusini Puasson koeffisientiga, uyumda eritmaga o‘tkazish bilan ko‘p yarusli ruda shtabellarida tog‘ jinslarini kengayishdagi mustahkamlik xususiyatlariga, PM skvajina zaryadining kamuflet radiusiga, massivning akustik qattiqligi va portlatish sharoitini aniqlovchi koeffisientiga bog‘liqligi aniqlangan;
zarbli to‘lqinlar frontida maksimal bosimni uyumda eritmaga o‘tkazish bilan ko‘p yarusli ruda shtabellarida ishqalanishni turli koeffsientlarida zaryad massalari va tashqi radiusiga, tog‘ jinslari massivini zaiflashish koeffisientiga, maksimal bosimni o‘tish masofasiga bog‘liqligi aniqlangan;
PM kamufletli skvajinali zaryadini portlatishda uyumda eritmaga o‘tkazish bilan ko‘p yarusli ruda shtabelida deformasiyani aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
uyumda eritmaga o‘tkazish bilan ko‘p yarusli ruda shtabelining suv o‘tkazmaydigan qatlamining yaxlitligi va maksimal ishonchliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p yarusli ruda shtabelida portlatib ta’sir etish orqali oltin qoldiqlarini uyumda eritmaga o‘tkazish jarayonini samaradorligini oshirish va burg‘ilab portlatish ishlarining parametrlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
DSh qo‘llash bilan skvajinali zaryadlar yordamida ko‘p yarusli uyumlab ajratib oluvchi ruda shtabelini portlatib silkitishni ishlab chiqilgan usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexining «OUEO‘S» konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 28 sentyabrdagi 23/01-01-07/468-son ma’lumotnomasi). Natijada, eritmadagi metall miqdorini 0,095 g/m3 oshirishni imkonini bergan;
Nobelit-216Z markali patronlashtirilgan PM zaryadini qo‘llash yordamida uyumda eritmaga o‘tkazishda ko‘p yarusli ruda shtabelini portlatib silkitish uchun ishlab chiqilgan skvajinali zaryad konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexining «OUEO‘S» konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 28 sentyabrdagi 23/01-01-07/468-son ma’lumotnomasi). Natijada, 510 000 m3 kon massasidan oltinni eritmaga o‘tkazish jarayonini jadallashtirish va kutilgan iqtisodiy samaradorlikni 28,1 mlrd. sum miqdorda oshirish imkonini bergan.