Qanoatov Xayrullo Murodillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Organik chiqindilar, fosfor tutuvchi xom ashyo va mikroorganizmlar konsorsiumi asosida bioorganomineral o‘g‘itlar olishning jadallashgan texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T734.
Ilmiy maslahatchi: Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik - texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Jumanova Miyasar Ortikovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Turdaliev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik moddalarni gumifikatsiyalanishini tezlashtiradigan va atmosferani molekulyar azotini o‘zlashtiradigan foydali mikroorganizmlar konsorsiumi yordamida chorvachilik, parrandachilik chiqindilarini va FX qayta ishlashni ekologik havfsiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik moddalarni gumifikatsiyalashda ishtirok etadigan mikroorganizmlardan foydalanib chorvachilik, parrandachilik chiqindilari va FX kompostlash asosida BO‘ olish jarayonida organik moddalar gumifikatsiyalanishini odatdagi kompostlashga nisbatan 1,4 barobar ortishi va 3,2 barobar jadallashishi, fosforning o‘zlashuvchan shaklining 1,35 barobar ortishi, gaz fazaga (atmosferaga) ammiak va organik moddalarni mos ravishda 2,3 va 2,5 barobar ajralib chiqishini kamayishi asoslangan;
azotni bog‘lovchi mikroorganizmlar ishtirokisiz olingan o‘g‘itlarga nisbatan solishtirganda BO‘ bog‘langan azotni 3,4-4,8 barobar ko‘payishi aniqlangan;
organik moddalarni gumifikatsiyalanishida qatnashuvchi va azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar tutgan eritmalaridan foydalanib QMG kompostlash asosida BO‘ olish jarayonlarining maqbul parametrlari aniqlangan;
QMGni mineral kislotalarda fosfoorit tarkibidagi SaO ga nisbatan 40% stexiometrik to‘liqsiz me’yorida faollashgan fosforitlar ishtirokida kompostlash asosida BO‘ olishda organik moddalarni gumifikatsiyalashda ishtirok etadigan mikroorganizmlarni faollanishi, va fosforitni qolgan 60% faollanishi mikroorganizmlar va organik kislotalar energiyasi xisobiga sodir bo‘lishi aniqlangan;
organik moddalarni gumifikatsiyalash, FX parchalash, xamda qishloq xo‘jaligida moddalar aylanishiga ta’sir etish va bog‘langan azot olish uchun mikroorganizmlardan foydalanish sharoitlari aniqlangan;
QMGni, parrandachilik chiqindilarini va FXni BO‘ qayta ishlashda organik moddalarni gumifikatsiyalashda qatnashadigan va molekulyar azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar tutgan eritmalardan foydalanishni samaradorligiga va ekologik xavfsizligiga kompleks baho berilgan, o‘g‘itlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Organik chiqindilar, FX, organik moddalarni gumifikatsiyalashda qatnashuvchi mikroorganizmlar konsorsumi va azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar eritmalari asosida turli bioorganik va bioorganik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
QMG, azotni o‘zlashtiradigan va organik moddalarni gumifikatsiya-lashda qatnashadigan mikroorganizmlar tutgan biopreparatlar asosida bioorganik o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2023 yil 14 dekabrdagi 167-son ma’lumotnomasi). Natijada, organik chiqindilarni ekologik xavfsiz qayta ishlash va agrokimyoviy samarador bioorganik o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
QMG, fosforli xom ashyo va mikroorganizmlar konsorsiumini tutgan biopreparat asosida bioorganik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2023 yil 14 dekabrdagi 167-son ma’lumotnomasi). Natijada QMG, FX agrokimyoviy samarali bioorganik mineral o‘g‘itlarga ekologik xavfsiz usulda qayta ishlash imkonini beradi;
QMG, mikroorganizmlar konsorsiumi, azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida va faollashtirilgan fosforitlar asosida BO‘ olish texnologiyasi “Ifoda agro kimyo himoya” MChJ QKning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda agro kimyo himoya” MChJ QKning 2023 yil 5 dekabrdagi 1048-son ma’lumotnomasi). Natijada, organik chiqindilarni va FXni ekologik xavfsiz qayta ishlash va agrokimyoviy samarador BO‘lar olish imkonini beradi.