Raxmonova Nafisa Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kauldi konida razvedka qilish va zaxiralarni hisoblash uslubiyati hamda ishonchliligini belgilovchi oltin ma’danlashuvining joylashuv xususiyatlari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/GM181.
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Urunov Baxrom Nasrullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kauldi konida razvedka qilish va zaxiralarni hisoblash uslubiyati hamda ishonchliligini belgilovchi oltin ma’danlashuvining joylashuv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kauldi konida oltin ma’danlashuvini joylashishini asosiy strukturaviy va litologik-stratigrafik pozisiyalari asoslab berilgan;
razvedka va zaxiralarni hisoblashning ishonchliligini belgilovchi asosiy omillar aniqlandi;
ma’danlashuv xususiyatlarining o‘zgaruvchanlik koeffisientlari qiymatlarini aniqlash asosida o‘rganilayotgan ob’ektlarning geologik tuzilishining murakkablik guruhlari aniqlandi;
qiya yotuvchi ma’dan tanalari (uyumlari) zaxiralarini an’anaviy usulda hisoblash natijalari xalqaro standartlarga muvofiq ilk bor qo‘llanilgan blokli modellashtirish usuli natijalariga mos kelishi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kauldi konida razvedka qilish va zaxiralarni hisoblash uslubiyati hamda ishonchliligini belgilovchi oltin ma’danlashuvining joylashuv xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Kauldi oltin konining geologik va strukturaviy xususiyatlari, oltin ma’danlashuvining tarqalish qonuniyatlari, strukturaviy va stratigrafik o‘rni, ma’dan tanalari va uyumi morfologiyasi, oltinning o‘rtacha miqdori, o‘zgaruvchanlik koeffisienti va boshqa qidiruv parametrlari tahlili bo‘yicha xulosalar “Olmaliq KMK” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 08-3405-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oltin ma’danlashuvini joylashishi uchun eng qulay sharoitlarni aniqlash imkonini bergan;
qidirish va zaxiralarni qidirish va hisoblashning ishonchliligini belgilovchi asosiy geologik va uslubiy omillar bo‘yicha ma’lumotlar “Olmaliq KMK” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 08-3405-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar zaxiralarni hisoblashning ishonchliligini baholash imkonini bergan;
Kauldi konining zaxiralarini xalqaro standartlarga muvofiq “Micromine” dasturi orqali qayta hisoblash natijasida oltinning eng optimal chegaraviy miqdori 1,0 g/t belgilanganligi to‘g‘risidagi xulosalar “Olmaliq KMK” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 08-3405-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan miqdori 103,5% ga hamda oltinning zaxirasini 22,9% ga oshirish imkonini bergan;
statistik tahlillar asosida Kauldi konining Janub II uchastkasi geologik tuzilishining murakkabligi bo‘yicha IV guruxga taalluqli ekanligi to‘g‘risidagi xulosalar Olmaliq KMK” AJ amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 08-3405-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qidirish ishlarida ma’dan tanalarini ochish va ekspluatatsion razvedka ishlari bilan birga olib borish imkonini bergan.