Mirakbarova Zebinisa Mirvohid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka saratonining prognostik, molekulyar-genetik markerlarini izlash va ularning nishon terapiyaga sezuvchanlikdagi ro‘lini o‘rganish», 03.00.01 – Biokimyo; 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B385.
Ilmiy rahbar: Turdikulova Shahlo Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.B.01.13 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tashmuhamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gulnora Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi o‘pka saratoni bilan kasallangan bemorlar genomini profillash orqali potensial diagnostik va terapevtik nishonlarni aniqlash va ularni assotsiatsiyasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EGFR genida E746_A750 delesiyasi hamda L858R mutatsiyalarini aniqlash uchun TaqMan flyuorescent bo‘yog‘i asosida ayni vaqtdagi PZR protokoli takomillashtirildi;
birinchi marotaba O‘zbekistonda o‘pka saratoniga chalingan bemorlarda EGFR genining E746_A750 delesiyasi va L858R mutatsiyalarining uchrash chastotalari hamda ularning o‘pka saratonining turli tiplari bilan assotsiatsiyasi tadqiq etilgan;
birinchi marotaba o‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarda EGFR genidagi aberatsiyalarning qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari bilan assotsiatsiyaviy tahlili o‘tkazilib, E746_A750 delesiyasi va fibrinogen ko‘rsatkichidagi, shuningdek L858R mutatsiyasi bilan E746_A750 delesiyasining bir paytda uchrashi va umumiy oqsillar ko‘rsatkichidagi o‘zgarishlar o‘rtasida bog‘liqlik tadqiq qilindi;
O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘pka saratoni bilan kasallangan bemorlarning target DNK sekvensi o‘tkazilgan, bunda, oqsil tuzilishiga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi va o‘pka saratonining potensial prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan 14 ta ilgari o‘rganilmagan patogen mutatsiyalar aniqlangan;
SMO va MET genlariga hos bo‘lgan ikkita onkogen mutatsiya kuzatilgan bo‘lib, ular o‘pka adenokarsinomasini nishonli davolashda terapevtik ahamiyatga ega ekanligi bioinformatik dasturlar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka saratonining rivojlanishi va target davolashga sezuvchanlikning biokimyoviy, molekulyar-genetik markerlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
ishlab chiqilgan o‘pka o‘smalari bo‘lgan namunalarning DNK tahlili bioinformatsion texnologiyasi Arcadia Biosciences va Davis Kaliforniya universiteti (AQSh) o‘rtasidagi qo‘shma loyihada DNKsi ilgari o‘rganilmagan organizmlarni yuqori samarali filogenom tadqiqotida qo‘llanilgan (Arcadia Biosciencesning 12 Noyabr 2023 yildagi №06851-01 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya turli organizmlarda o‘pka o‘smalarining fenotipik va genetik ko‘rinishlarining assotsiatsiyasini o‘rganish imkonini bergan;
adenokarsinoma tashxisi qo‘yilgan bemorlar genom DNKsini target sekvenirlash natijalari Xalqaro biotexnologik ma’lumotlar milliy markazi (NCBI) bazasida ro‘yhatdan o‘tkazilgan (Bioproject № PRJNA1033416, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023 yil 16 noyabrdagi №17/17-16-11 ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar butun dunyo bo‘ylab o‘pka o‘smalarining genom landshaftini keyingi fundamental va amaliy tadqiqotlari uchun asos bo‘lib, o‘pka va boshqa organlarning o‘sma kasalliklari rivojlanishining yangi biomarkerlarini, malignizatsiyasi va terapiyasi markerlarini bioinformatik tahlil qilish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish