Gafurov Farxod Giyasovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tojikistonning karbonatit namoyonlari mineralogiyasi, geokimyoviy xususiyatlari va genezisi», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Fayziev Abdulxak Radjabovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi Geologiya, zilzilabardosh qurilish va seymologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti” DM DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Xalmatov Rustam Abduxatovich – geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Mamarozikov Usmonjon Dovronovich – geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mirkamalov Rustam Xamzaevich - geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Tojikiston va Sharqiy Pomir hududida karbonatit hosil bo‘lishining geologik, mineralogik-geokimyoviy va genetik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbonatitlar va oraliq tarkibdagi jinslarning ikki avlodi aniqlangan bo‘lib, ular bir tomondan karbonatitlar va boshqa tomondan sienit-karbonatitlar deb ataladigan ishqoriy sienitlar bilan ifodalanadi;
birinchi marta Tojikistonning karbonatit namoyonlari geologik, mineralogik va geokimyoviy xususiyatlari o‘rganildi;
ikkita yangi mineral (fayzievit, aleksandrovit) kashf qilindi va birinchi marta ishqoriy massivlarda kamyob minerallar titantaramellit, barilit, stronsiobarit, britolit, gedenbergit va molibdenit kabilar kashf qilindi va tavsiflandi;
karbonatit hosil bo‘lishining termobarik sharoitlari aniqlandi va Tojikistonda flyuorit mineralizatsiyasining yangi magmatogen turi – flyuorititlar o‘rganildi;
karbonatitlarning genezisi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olindi va karbonatit namoyon bo‘lgan rudalardan kompleks foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tojikiston karbonatitlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
karbonatit ma’danlashuvini geologik shart-sharoitlari va tarqalish qonuniyatlarini aniqlashtirish, ularning shakllanishining termobarogeokimyoviy sharoitlari va mineral paragenezning o‘ziga xos xususiyatlari Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Geologiya Bosh boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (GBBning 2023 yil 12 maydagi
06-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar qidirish va bashoratlash mezonlari bo‘lib, GBBning ishlab chiqarishda istiqbolli hududlarning genezisi va ruda tarkibini aniqlashtirish uchun ishlatiladi;
karbonatit namoyonlarida minerallarning keng turlari va xilma-xilligi, mineral paragenezislarining o‘ziga xosligi Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Geologiya Bosh boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (GBBning 2023 yil 12 maydagi 06-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar istiqbolli maydonlarda qidirish va razvedka ishlarida geologik mezonlar sifatida foydalanilgan;
kamyob, radioaktiv elementlar, stronsiy, bariy va boshqa elementlarning aniqlangan yuqori miqdori Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Geologiya Bosh boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (GBBning 2023 yil 12 maydagi 06-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Geologiya Bosh boshqarmasi ishlab chiqarishda yangi aniqlangan yoki kam o‘rganilgan ma’danli ob’ektlarini saralash uchun geologiya qidiruv ishlarida ishlatiladigan karbonatit ma’danlashuvining tipokimyoviy belgisi hisoblanadi.