Xamidova Habiba Murat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasidagi xom ashyolar asosida yuqori ekspluatatsion xususiyatga ega bo‘lgan qurilish g‘ishtini ishlab chiqarish», 02.00.15- Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1285.
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Iskenderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Shermatov Javoxir Zafarovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida yuqori ekspluatatsion xususiyatga ega qurilish g‘ishtlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jardanak koni ustki qatlamining kimyoviy tarkibi: 44,9-SiO2; 28,36-Al2O3; 5,94-Fe2O3; 1,58-CaO; 0,39-MgO; 0,65-Na2O; 5,45-K2O; 12,7-k.y. aniqlanib, ustki qatlam alumosilikat jinsdan iboratligi isbotlangan;
alyuminiy oksidi miqdori bo'yicha xom ashyo yarim kislotali jinslar, temir oksidi miqdori bo'yicha yuqori miqdordagi rang beruvchi komponentlar mansubligi asoslangan;
Jardanak koni ustki qatlamining mineralogik tarkibida muskovit, kaolinit, kvars, dala shpati kabi minerallar mavjudligi isbotlangan;
soz tuproq jinslari yuqori miqdordagi karbonatlar va eruvchan tuzlar mavjudligi aniqlanib, g‘ishtlarning ekspluatatsiya davrida paydo bo‘ladigan sho‘ralash jarayonining sababi ekanligi isbaotlangan;
Jardanak koni ustki qatlamining keramik massa tarkibiga kiritilishi karbonatli birikmalarning ta’sirini neytrallashi aniqlanib, ustki qatlam kristall hosil bo‘lish jarayonida qurilish g‘ishtining mustahkamligini ta’minlovchi mullit va kvars minerallarining miqdorini oshirishi isbotlangan;
«ustki qatlam-soz tuproq» kompozisiyasi 80-90 % ustki qatlam va 10-20 % soz tuproqdan iborat, minimal qisqarish, yuqori mustahkamlik va sovuqqa bardoshli, sho‘rlamaydigan qurilish g‘ishtlari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo asosida yuqori ekspluatatsion xususiyatga ega qurilish g‘ishtlar ishlab chiqish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
standart talablarga mos sho‘rlamaydigan qurilish g‘ishtlari ishlab chiqarish texnologiyasi «Asia ceramica invest» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 05/15-1664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 250×120×65 mm o‘lchamlardagi, tannarxi 25 - 27 % gacha arzonlashtirilgan qurilish g‘isht ishlab chiqarish imkonini bergan;
sanoat chiqindilari va soz tuproq asosida optimal tarkibli qurilish g‘ishtlari ishlab chiqarish texnologiyasi «Asia ceramica invest» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 05/15-1664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 11,4 - 12,4 % suv yutuvchan, 100F sovuq bardosh, 200M siqilishga mustahkam qurilish g‘ishtlari ishlab chiqarish imkonini bergan.