Massavirov Sherali Sherikvaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlar diagnostikasi, davolash va profilaktikasiga yondashishni takomillashtirish», 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib291.
Ilmiy rahbar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.160.01  
Rasmiy opponentlar: Boboxodjaev Oktam Ikramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Dilfuza Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlarini klinik kechishi va diagnostik xususiyatlarini o‘rganish hamda erta tashhislash, davolash va profilaktikasi yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlarining klinik kechishida anemiya, gipoprteinemiya, leykotsitlar, EChT, SRO, IF miqdorining davomiy oshishi, lifotsitlar (SD4 hujayralar) miqdorini keskin kamayishi isbotlangan;
OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlari rivojlanishining xavf omillari aniqlangan;
OIV/TB ko-infeksiyali nafas a’zolari tizimida mikotik infeksiya rivojlangan bemorlarda o‘pka TBning klinik kechishi tabiati, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash va shu asosda yangi davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
zamonaviy sharoitda OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlarini erta tashxislash, kompleks davolash profilaktikasi sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 16 fevraldagi z2/2-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 12 avgustdagi 01-03/52a-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: OIV/TB ko-infeksiya sababli rivojlangan nafas a’zolari tizimi mikoz bemorlarning klinik-funksional xususiyatlarini baholash va tashxislash usulini Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 1 noyabrdagi 69-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 10 noyabrdagi 72a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotga joriy etilgan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimida mikotik infeksiya rivojlanish xavfini kamaytiradi; OIV/TB ko-infeksiyali mikoz bilan og‘rigan bemorlarning kasalxonaga yotishlar sonini minimallashtiradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlarni davolashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2 660 000 so‘m sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlarni davolashda bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 2 660 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlar rivojlanishining xavf omillari erta aniqlash va kasallikning kechishini nazorat qilish usuli Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 1 noyabrdagi 69-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 10 noyabrdagi 72a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlar rivojlanishining xavf omillari erta aniqlash bemorlarda kasallikning og‘ir klinik shakllari uchrash chastotasini kamaytiradi; erta tashhislash samaradorligi oshishi hisobiga bemordagi asoratlarning chastotasini kamayishi orqali bemorlar kasalxonaga tushish soni kamaydi,  faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytish vaqtini qisqartirish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari mikozlarni xavf omillarini erta aniqlash bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2 660 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yangi taklif qilingan OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimida mikozlar rivojlanishini xavf omillarini erta aniqlash usuli byudjet hisobidan mablag‘larning 2 660 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: OIV bilan kasallangan mikozli bemorlarda o‘pka TBning klinik kechishi tabiati, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash va shu asosda yangi davolash taktikasi qo‘llash usulini Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 1 noyabrdagi 69-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 10 noyabrdagi 72a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlar rivojlanish xavfi sonini kamaytirish hisobiga hayot davomiyligini oshiradi; OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, bu asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikotik infeksiyani erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Ushbu bemorlarning farmakoterapiyasini nazorat qilish kasallikning og‘irlashishini oldini olish, kasalxonada yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali  2 660 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlarni davolashda bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini o‘rtacha 2 660 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlarini erta tashxislash va kompleks davolash algoritmini ishlab chiqilishi Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 1 noyabrdagi 69-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2022 yil 10 noyabrdagi 72a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlarini erta tashxislash va kompleks davolash asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; OIV/TB ko-infeksiyali bemorlar hayot davomiyligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozi rivojlanishining  xavf omillarini hisobga olgan holda amaliyotda qo‘llash profilaktika choralarining samaradorligini oshirgan, kasallikning asoratlarini rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlarni davolashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2 660 000 so‘m sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda nafas a’zolari tizimi mikozlarini erta tashxisot va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 660 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish