Maxmudov Jasurbek Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarida moliyaviy boshqaruv usullarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1698.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya institutu, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kamolov Odil Sayfiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes sub’ektlari moliyaviy boshqaruv usullarini joriy etishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik biznes sub’ektlari uchun kafolatli bozorni yaratish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida soliq, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish bo‘yicha hududlarni 5 ta toifaga ajratish taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ularga ajratiladigan kredit va lizing to‘lovlarni davlat tomonidan moliyaviy ko‘mak berish orqali ta’minlash taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash ta’sirchanligini oshirish maqsadida ularni yillik tovar aylanmasidan kelib chiqib (1 mlrd. so‘mgacha) mikro va (10 mlrd. so‘mgacha) kichik tadbirkorlik sub’ektlari sifatida tan olishi taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy faoliyatini boshqarishda resurslaridan samarali foydalanishning 2025 yilga maqsadli-dasturiy prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes sub’ektlarida moliyaviy boshqaruv usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes sub’ektlari uchun kafolatli bozorni yaratish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida soliq, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish bo‘yicha hududlarni 5 ta toifaga ajratish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 maydagi № 11/03-15-6985 -son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-sonli farmonida inobatga olingan bo‘lib, unga ko‘ra ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib shahar va tumanlar 5 toifaga ajratilgan;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ularga ajratiladigan kredit va lizing to‘lovlarni davlat tomonidan moliyaviy ko‘mak berish orqali ta’minlash taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 maydagi № 11/03-15-6985-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-150-sonli farmonida inobatga olingan. Unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan umumiy belgilangan shartlar asosida kichik tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 1-3 toifaga kiruvchi hududlar bo‘yicha asosiy stavkaning 30 foizidan, 4-5 toifadagilar uchun esa 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplashga uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish belgilangan;
kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash ta’sirchanligini oshirish maqsadida ularni yillik tovar aylanmasidan kelib chiqib (1 mlrd. so‘mgacha) mikro va (10 mlrd. so‘mgacha) kichik tadbirkorlik sub’ektlari sifatida tan olish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 maydagi № 11/03-15-6985-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli farmonida inobatga olingan bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari tasnifi bo‘yicha soliqqa tortish va soliq ma’murchiligini engillashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mexanizmlar belgilangan;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy faoliyatini boshqarishda resurslaridan samarali foydalanishning 2025 yilga maqsadli-dasturiy prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 maydagi № 11/03-15-6985-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy faoliyatini boshqarishda resurslardan samarali foydalanishning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan maqsadli-dasturiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.