Kazakov Bexzodbek Ozodboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta shaharlarda o‘tkir koronar sindrom bilan kasallangan bemorlarni yunaltirishning yagona tamoyilini ishlab chikish (Toshkent shahri misolida)», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1805... Dib728Ilmiy rahbar: Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gadaev Abdug‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: I.I.Djanelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II.    Tadqiqotning maqsadi: bemorlarni yunaltirishning optimal tizimlarini joriy etish orqali birlamchi teri koronar aralashuvlarni amalga oshirish imkonini oshirish va o‘z vaqtida o‘tkazilishi orqali o‘tkir koronar sindromli bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir koronar sindromining og‘irlashgan shaklida nojo‘ya oqibatlarining muhim prediktorlaridan biri miokard ishemiyasining umumiy vaqti (og‘riq sindromi boshlanishidan miokard reperfuziyasigacha bo‘lgan interval)  bog‘liqligi isbotlangan;
miokard ishemiyasi umumiy vaqtining ortishi va unga nisbatan o‘tkir koronar sindromining nojo‘ya kechishi keksa va qari yosh, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi negizida kasallikning klinik ifodalanmagan ko‘rinishda kechishiga turtki bo‘lishi isbotlangan;
STkMI bo‘lgan bemorlarda trombolitik terapiyaning yurak xuruji boshlanganidan 360 daqiqadan keyin o‘tkazilgan teri koronar aralashuvlar bilan solishtirganda yuqori samaradorligi isbotlangan;
birlamchi teri koronar aralashuv yoki trombolitik terapiyani o‘tkazish uchun sharoitlar bo‘lmaganda, kechiktirilgan teri koronar aralashuv o‘tkazish konservativ terapiya bilan solishtirganda asorat va o‘lim holatlarini kamaytirishda samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2024 yil 19 yanvardagi 1- sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindromning og‘irlashgan kechishi va nojo‘ya oqibatlarining muhim prediktorlaridan biri miokard ishemiyasining umumiy vaqti (og‘riq sindromi boshlanishidan miokard reperfuziyasigacha bo‘lgan interval) ekanligi isbotlangan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: og‘riq sindromi boshlanichidan miokard reperfuziyasigacha bo‘lgan umumiy ishemiya vaqtini qisqartirish uchun o‘tkir koronar sindrom bilan xastalangan bemorlarni yo‘naltirishning yagona algoritm tamoyili ishlab chiqilishi natijasida asorat hamda o‘lim xavfi kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirishga erishilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: og‘riq sindromi boshlanichida miokard reperfuziyasigacha bo‘lgan umumiy ishemiya vaqtini qisqartirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11 kundan 8 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun sarf xarajatlar kuniga 127500 so‘mni va o‘rin kunlarini 3 kunga qisqarishi orqali 382500 so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=889) 340042500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Miokard ishemiyasining umumiy vaqti (og‘riq sindromi boshlanishidan miokard reperfuziyasigacha bo‘lgan interval) davolash tamoyilini aniqlashda asosiy prediktorlaridan biri hisoblanib, o‘tkir koronar sindromning asoratlari hamda o‘lim xavfini kamaytirish hayot sifatini oshirishda yordam bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: miokard ishemiyasi umumiy vaqtining ortishi va unga nisbatan o‘tkir koronar sindromining nojo‘ya kechishi keksa va qari yosh, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi negizida kasallikning klinik ifodalanmagan ko‘rinishda kechishiga turtki bo‘lishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: keksa va qari yosh, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi negizida kasallikning klinik ifodalanmagan ko‘rinishda kechishi shoshilinch kardiologiya va tez tibbiy yordam kursant va klinik ordinatorlarining bu kasallik bilan xasatalangan bemorlarda davolash tamoyilini tanlash va erta tashxislash, davolash taktikasini oshirish va xastalikning asortalarni oldini olishga  asos bo‘lganligi bilan izohlangan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: keksa yosh, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi fonida O‘KS bilan kasallangan bemorlarda erta diagnoz qo‘yish va tez tibbiy yordamda tezroq TKA markaziga yo‘naltirish, ushbu kasallik asoratini davolash xarajatlarini 35% kamaytiradi.
Xulosa: Miokard ishemiyasining umumiy vaqtining ortishiga, va shunga nisbatan O‘KS ning nojo‘ya kechishiga keksa va qari yosh, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi negizida kasallikning klinik ifodalanmagan ko‘rinishda kechishi turtki bo‘lishi ko‘rsatilgan, bu toifadagi bemorlarning tez tibbiy yordamga kech murojaat qilishiga sabab bo‘ladi.
uchinchi ilmiy yangilik: miokard ishemiyasi umumiy vaqtining ortishi va unga nisbatan o‘tkir koronar sindromining nojo‘ya kechishi keksa va qari yosh, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi negizida kasallikning klinik ifodalanmagan ko‘rinishda kechishiga turtki bo‘lishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan davolash tamoyili STkMI bo‘lgan bemorlarda trombolitik terapiyaning 360 daqiqa ichida o‘tkazish yurak ishemiyasi belgilari boshlanganidan 360 daqiqadan keyin o‘tkazilgan TKA solishtirganda samarali ekanligi isbotlangan, bu O‘KS o‘tkazgan bemorlarda nekroz sohasining qisqarishi, asorat va o‘lim xavfini kamaytirib, hayot sifatini oshirishga yordam bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: STkMI bo‘lgan bemorlarda og‘riq sindromi boshlanichidan 360 daqiqa ichida trombolitik terapiyaning o‘tkazish natiyjasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 12 kundan 9 kunga qisqartirilishi natiyjasida bir nafar bemor uchun mablag‘laridan kuniga 158000 so‘mni va o‘rin kunlarini 3 kunga qisqarishi orqali 474000 so‘m hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=889) 421386000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: STkMI bo‘lgan bemorlarda trombolitik terapiyaning 360 daqiqa ichida o‘tkazish yurak ishemiyasi belgilari boshlanganidan 360 daqiqadan keyin o‘tkazilgan TKA solishtirganda samarali ekanligi isbotlangan, bu yurakda nekroz sohasini qisqartirib, asoratlarni kamaytiradi, O‘KS o‘tkazgan bemorlarda hayot sifatini oshirishga yordam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi teri koronar aralashuv yoki trombolitik terapiyani o‘tkazish uchun sharoitlar bo‘lmaganda, kechiktirilgan teri koronar aralashuv o‘tkazish konservativ terapiya bilan solishtirganda asorat va o‘lim holatlarini kamaytirishda samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: agarda birlamchi TKA yoki trombolitik terapiyani o‘tkazish uchun sharoitlar bo‘lmaganda, kechiktirilgan TKA o‘tkazish konservativ terapiya bilan solishtirganda asoratlar va o‘lim holatlarini kamaytirib O‘KS o‘tkazgan bemorlarda hayot sifatini oshirishga yordam berishi shoshilinch kardiologiya va tez tibbiy yordam kursant va klinik ordinatorlarining o‘quv kurslariga kiritilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: STkMI bo‘lgan bemorlarda kechiktirilgan TKA o‘tkazish konservativ terapiya bilan solishtirganda bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11 kundan 9 kunga qisqartirilishi natiyjasida bir nafar bemor uchun mablag‘laridan kuniga 136500 so‘mni va o‘rin kunlarini 2 kunga qisqarishi orqali 273000 so‘mga, hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=889) 242697000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
Xulosa: O‘KS bilan kasallangan bemorlarda kechiktirilgan TKA o‘tkazish konservativ terapiya bilan solishtirgan hayot sifatini oshirishda samarali tasir ko‘rsatadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta shaharlarda o‘tkir koronar sindrom bilan kasallangan bemorlarni yo‘naltirishning yagona tamoyilini ishlab chiqish (Toshkent shahri misolida)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2022 yil 21 oktyabrdagi 8 n-r/1164-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish