Jo‘raboeva Gulxayyo Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritda buyrak fibrozi markyorlarining dinamikasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2670.
Ilmiy rahbar: Agzamova Gulnara Sunnatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maqsud Otaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasini baholash, buyrak fibrozi klinik hamda biokimyoviy markyorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlashda sistatin-C va transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 ko‘rsatkichlarining ahamiyati asoslangan;
buyrak disfunksiyasi mavjud revmatoid artritning klinik kechishi, patologik belgilari, ob’ektiv va sub’ektiv omillari aniqlanib, kasallik davriyligi jinsga, yosh davrlariga va organizmdagi boshqa yondosh kasalliklarga bog‘liqligi asoslangan;
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallik faollik darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar bilan siklik sitrullinlangan peptidga qarshi antitanachalar va revmatoid omil bilan buyrak zararlanishi darajalari orasidagi bog‘liqliq aniqlangan;
buyraklar funksional holatini ko‘rsatuvchi sistatin-C, hamda  tubulointerstisial fibroz jarayonini belgilovchi transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 miqdorining ortishi bilan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligining kamayishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 02/074-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlashda sistatin-C va transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 ko‘rsatkichlarining ahamiyati asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: revmatoid artritda buyrak zararlanishi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 23-sonli buyruq hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 29.08.2023 yildagi 3888-11-169-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Revmatoid artritli bemorlarda buyrakning funksional holatini baholash orqali bemorlarda surunkali buyrak kasalligini aniqlash va davo muolajalalarini erta fursatlarda amalga oshirish tufayli kasallik faolligi  kamayishi natijasida mehnatga layoqatsizlik muddatini 30.4 % ga kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar revmatoid artritli bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarda aniqlash va kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 284500 ni tashkil etsa, bir kurs davolanish uchun 1622500 ni iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Revmatoid artritli bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, kasallik rivojlanishi va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1622500 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi «Revmatoid artritda buyrak fibrozi markyorlarining dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 29 yanvardagi 09-12896-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrak disfunksiyasi mavjud revmatoid artritning klinik kechishi, patologik belgilari, ob’ektiv va sub’ektiv omillari aniqlanib, kasallik davriyligi jinsga, yosh davrlariga va organizmdagi boshqa yondosh kasalliklarga bog‘liqligi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: revmatoid artritda buyrak zararlanishi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 23-sonli buyruq hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 29.08.2023 yildagi 3888-11-169-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrak disfunksiyasi mavjud revmatoid artritning kechishi kasallikning davriyligiga, jinsga, yosh davrlariga bog‘liqligini aniqlash orqali revmatoid artritli bemorlarda davolanish samaradorligi ortishiga, nogironlikni hamda asoratlarni oldini olishga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarida aniqlash va davolashda ishlatiladigan dori vositalari uchun budjet mablag‘laridan bir kunlik o‘rtacha 123000 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 615000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Xulosa: Revmatoid artritli bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, kasallik rivojlanishi va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1622500 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi «Revmatoid artritda buyrak fibrozi markyorlarining dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil  29 yanvardagi 09-12896-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan  bemorlarda kasallik faollik darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar bilan siklik sitrullinlangan peptidga qarshi antitanachalar va revmatoid omil bilan buyrak zararlanishi darajalari orasidagi bog‘liqliq aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: revmatoid artritda buyrak zararlanishi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 23-sonli buyruq hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 29.08.2023 yildagi 3888-11-169-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Revmatoid artritli bemorlarda buyrakning funksional holatini baholash orqali bemorlarda surunkali buyrak kasalligini aniqlash va davo muolajalalarini erta fursatlarda amalga oshirish tufayli kasallik faolligi  kamayishi natijasida bemorlarda nogironlik oldi olinadi va hayot sifati yaxshilanadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Revmatoid artritli bemorlarda buyrakning funksional holatini baholash orqali bemorlarda surunkali buyrak kasalligini aniqlash va davo muolajalalarini erta fursatlarda amalga oshirish tufayli kasallik faolligi  kamayishi natijasida har bir bemorga tibbiy xizmatga ketadigan sarf-xarajat miqdorini 225500 so‘mga kamaytirish imkonini beradi.
Xulosa: Revmatoid artritli bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, kasallik rivojlanishi va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1622500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi «Revmatoid artritda buyrak fibrozi markyorlarining dinamikasi»mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 29 yanvardagi 09-12896-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyraklar funksional holatini ko‘rsatuvchi sistatin-C, hamda  tubulointerstisial fibroz jarayonini belgilovchi transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 miqdorining ortishi bilan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligining kamayishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: revmatoid artritda buyrak zararlanishi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 23-sonli buyruq hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kardiorevmatologiya bo‘limi bo‘yicha 29.08.2023 yildagi 3888-11-169-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanish xavfini baholash uchun erta prognostik mezonlar ishlab chiqilgan;
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar revmatoid artritli bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarda aniqlash va kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 284500 ni tashkil etsa, bir kurs davolanish uchun 1622500 ni iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Revmatoid artritli bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, kasallikni rivojlanishini va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1622500 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi «Revmatoid artritda buyrak fibrozi markyorlarining dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 29- yanvardagi 09-12896-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish