Odilova Naira Gulyamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy o‘zaro ta’sir o‘smirlarning axloqiy o‘zini o‘zi anglashini rivojlantirish omili sifatida” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P510.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuritdin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muxiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy o‘zaro ta’sir natijasida ijtimoiy-psixologik trening sharoitida o‘smirlar axloqiy o‘zini o‘zi anglashi rivojlanishini aniqlash va shu munosabat yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘smirlarda xulq-atvor me’yorlariga rioya qilishi va hayotiy vaziyatlarda  faol ishtirok etishlari asosida axloqiy me’yorlarga munosabat, axloqiy o‘zini o‘zi baholash, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish, empatiya qobiliyati va refleksivlikni rivojlantirilishi natijasida Men-axloqiy shaxs ichki axloqiy tayyorgarlik darajasining kuchaytirilishi asoslangan;
o‘zini o‘zi kuzatish va tahlil qilish qobiliyatlarini shaxsning o‘zini “ijtimoiy qabul qilishi” muhimligiga ko‘ra rivojlantirish  o‘smirlarning ijtimoiy munosabatlarda  o‘zini o‘zi tushunish va his etish (kognitiv), kuchli va kuchsiz tomonlaridagi kechinmalarini baholash (shaxs) ko‘nikmalarini shakllantirishlarida axloqiy o‘zini o‘zi anglashning latent resurslari ekanligi isbotlangan;
ijtimoiy o‘zaro ta’sir ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni sifatida o‘ziga xos kauzallikka egaligiga ko‘ra o‘smir xulq-atvorini boshqarishdagi qiyinchiliklarni engish uchun iroda va boshqaruv jarayonlarining resurslarini kiritishda empatik qobiliyatlar sinergetik jihatdan axloqiy qadriyatlar uchun asos bo‘lishi dalillangan;
axloqiy xatti-harakatlarni amalga oshirishga qodirlikni ta’minlashda muvaffaqiyatga intilish (motivatsion), noqulay vaziyatlarda psixik barqarorlikka  erishish (emotsional), vaziyatlarni  optimal va samarali tahlil etish (kognitiv) xususiyatlarini rivojlantirish o‘smirlarda ma’naviy-axloqiy mas’uliyatni shakllantirish modelining  muhim tarkibiy komponentlari sifatida xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘smirlarning axloqiy o‘zini o‘zi anglashini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotlari natijalari quyidagi shakllarda amalga oshirildi:
zamonaviy o‘smirlarda xulq-atvor me’yorlariga rioya qilishi va hayotiy vaziyatlarda  faol ishtirok etishlari asosida axloqiy me’yorlarga munosabat, axloqiy o‘zini o‘zi baholash, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish, empatiya qobiliyati va refleksivlikni rivojlantirilishi natijasida Men-axloqiy shaxs ichki axloqiy tayyorgarlik darajasining kuchaytirilishi  asoslanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi 8-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi PM-8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar hamda tayyorlangan ekspert so‘rovnomasi o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
o‘zini o‘zi kuzatish va tahlil qilish qobiliyatlarini shaxsning o‘zini “ijtimoiy qabul qilishi” muhimligiga ko‘ra rivojlantirish  o‘smirlarning ijtimoiy munosabatlarda  o‘zini o‘zi tushunish va his etish (kognitiv), kuchli va kuchsiz tomonlaridagi kechinmalarini baholash (shaxs) ko‘nikmalarini shakllantirishlarida axloqiy o‘zini o‘zi anglashning latent resurslari ekanligi isbotlanganligi haqidagi ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi 8-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi PM-8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir axloqiy o‘zini o‘zi anglashi rivojlanishining psixologik mazmun-moxiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
ijtimoiy o‘zaro ta’sir ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni sifatida o‘ziga xos kauzallikka egaligiga ko‘ra o‘smir xulq-atvorini boshqarishdagi qiyinchiliklarni engish uchun iroda va boshqaruv jarayonlarining resurslarini kiritishda empatik qobiliyatlar sinergetik jihatdan axloqiy qadriyatlar uchun asos bo‘lishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi 8-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil  19 maydagi PM-8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir axloqiy o‘zini o‘zi anglashi rivojlanishining jarayonini takomillashtirish uchun xizmat qilgan;
axloqiy xatti-harakatlarni amalga oshirishga qodirlikni ta’minlashda muvaffaqiyatga intilish (motivatsion), noqulay vaziyatlarda psixik barqarorlikka erishish (emotsional), vaziyatlarni  optimal va samarali tahlil etish (kognitiv) xususiyatlarini rivojlantirish o‘smirlarda ma’naviy-axloqiy mas’uliyatni shakllantirish modelining  muhim tarkibiy komponentlari sifatida xizmat qilishi isbotlanganligiga oid xulosalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi 8-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 19 maydagi PM-8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir axloqiy o‘zini o‘zi anglashi rivojlanishining jarayonini takomillashtirish zarurati yuzaga keldi, bu esa tayyorlangan ijtimoiy-psixologik treningni joriy etish va o‘rganilayotgan hodisani ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali o‘smir axloqiy o‘zini o‘zi anglashini maqsadli rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish