Karimova Gulnora Omonillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasalari sharoitiga ijtimoiy adaptatsiyasining psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P499.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jalilova Saboxat Xalilovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasalari sharoitiga ijtimoiy adaptatsiyasining psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning ijtimoiy adaptatsiyasiga iroda, qobiliyat va motivlarni proporsional ta’sir etish natijasida, shaxsiy-emotsional etuklik, xulq-atvor regulyasiyasi, kommunikativ tolerantlik, labillik kabi psixologik xususiyatlarni namoyon bo‘lishi tufayli, “adaptatsiya salohiyati” va “ijtimoiy loyallik” sifatlarini shakllanishi aniqlangan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning shaxsiy etuklik darajasi qoniqarsizligi, ulardagi interpersonal munosabatlarda emotsional barerlarni engish qobiliyati shakllanmaslik natijasida, ijtimoiy adaptatsiya darajasining disfunksiyasi va moslashuv indikatorlar markerida psixofunksional determinantlarni negativ rivojlanganligi isbotlangan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalardagi sotsial adaptatsiya dinamikasini progressivligiga ko‘ra, adaptatsion realizatsiya, sotsial, emotsional, kommunikativ, psixofiziologik tolerantlik, personal etuklik kabi xususiyatlarni rivojlanishi natijasida talaba o‘z xulq atvorini boshqarishi bilan bog‘liqligi sotsio-emotsional barerlarni engib o‘tish qobiliyati shakllanishi asoslangan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talalabarda “autentik”, “refleksivlik”, “ekstravertlik”, “ambitentlik” kabi xususiyatlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxslararo munosabatlarda ochiqlik, qabul qilish bilan bog‘liq psixoprototiplarni integrallashgan orqali, ularda o‘z tajribasiga ishonish, tajriba dinamikasini rivojlanishi dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasalari sharoitiga ijtimoiy adaptatsiyasining psixologik xususiyatlarini o‘rganish natijalaridan foydalanildi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning ijtimoiy adaptatsiyasiga iroda, qobiliyat va motivlarni proporsional ta’sir etish natijasida, shaxsiy-emotsional etuklik, xulq-atvor regulyasiyasi, kommunikativ tolerantlik, labillik kabi psixologik xususiyatlarni namoyon bo‘lishi tufayli, “adaptatsiya salohiyati” va “ijtimoiy loyallik” sifatlarini shakllanishi aniqlanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil  26 dekabrdagi sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 26 dekabrdagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar hamda tayyorlangan ekspert so‘rovnomasi o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalarning shaxsiy etuklik darajasi qoniqarsizligi, ulardagi interpersonal munosabatlarda emotsional barerlarni engish qobiliyati shakllanmaslik natijasida, ijtimoiy adaptatsiya darajasining disfunksiyasi va moslashuv indikatorlar markerida psixofunksional determinantlarni negativ rivojlanganligi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil  26 dekabrdagi sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Maxsus psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 26 dekabrdagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar hamda tayyorlangan ekspert so‘rovnomasi o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalardagi sotsial adaptatsiya dinamikasini progressivligiga ko‘ra, adaptatsion realizatsiya, sotsial, emotsional, kommunikativ, psixofiziologik tolerantlik, personal etuklik kabi xususiyatlarni rivojlanishi natijasida talaba o‘z xulq atvorini boshqarishi bilan bog‘liqligi sotsio-emotsional bar’erlarni engib o‘tish qobiliyati shakllanishi asoslanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 26 dekabrdagi sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Maxsus psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 26 dekabrdagi  17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar hamda tayyorlangan ekspert so‘rovnomasi o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan talalabarda “autentik”, “refleksivlik”, “ekstravertlik”, “ambitentlik” kabi xususiyatlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxslararo munosabatlarda ochiqlik, qabul qilish bilan bog‘liq psixoprototiplarni integrallashgan orqali, ularda o‘z tajribasiga ishonish, tajriba dinamikasini rivojlanishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil  26 dekabrdagi sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Maxsus psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil  26 dekabrdagi 17-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar hamda tayyorlangan ekspert so‘rovnomasi o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish