Ulug‘ova Shahlola Musliddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tadbirkor shaxsida bozor munosabatlariga moslashuvining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/P104.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Farfieva Komola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkor shaxsida bozor munosabatlariga moslashuvning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ochib berish hamda uni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkor shaxsining bozor munosabatlariga moslashishida kasbiy motivlardan “yaxshi jamoada yoki obro‘li tashkilotda ishlash”ni faollashuvidagi munosabatlarda “o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘ra bilish” dalillarni “aqliy tahlil qilish” xususiyatini differensial namoyon bo‘lishi tufayli “identifikatsiya”, “ratsionalizatsiyalash”, “sublimatsiya” psixologik himoya mexanizmlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
tadbirkorlarning ikkilamchi kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli moslashuvida moddiy ehtiyojlarning tashabbuskorlik, erishilgan natijalarni baholash darajasiga, xavfsizlik ehtiyojining mag‘lubiyatdan qochish, iroda kuchiga, ijtimoiy ehtiyojlarning tashabbuskorlik, tan olinish ehtiyojining o‘zini hurmat qilish, yutuqlarni qadrlash, o‘zini takomillashtirish kutilayotgan natija darajasiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy omillar bilan ustuvor ehtiyojlar orasida o‘zaro bog‘liqlikning psixologik jihatlari asoslangan;
rahbar tadbirkorlarning kasbiy faoliyatga moslashishini ta’minlovchi psixologik sifatlar kirishimlilik, yetakchilikka intilish, ijtimoiy etuklik va dadillik, mustaqillik kabi xususiyatlarning bozor munosabatlarida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli “ruhiy-asab barqarorligi”, “kommunikativ”, “axloqiy meyyoriy”, “moslashuvchanlik qobiliyati” mezonlariga muvofiq differensiatsiyalanishi asoslangan;
tadbirkorlarning kasbiy faoliyatga ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik xususiyatlarini rivojlanishida ruhiy-asab barqarorligi, kommunikativ xususiyatlarning faoliyat bilan uyg‘unlashuvi professional sohada shaxsning o‘ziga ijobiy emotsional munosabatni shakllanishiga olib kelganligi tufayli “muvaffaqiyatga intilish motivi”ning kognitiv aspekti ustuvor ekanligi dalillangan;
shaxsning tadbirkorlik faoliyatiga psixologik moslashuvida soft-kompetensiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy tasavvurlarga bog‘liq ravishda rivojlanishi nostandart tafakkur, konstruktiv qarorlar qabul qila olish xususiyatlarining gender sotsializatsiya negizida ifodalanishini kuchaytirganligi tufayli “subekt-bozor munosabatlari”ning “muvaffaqiyatli tadbirkor” obraziga integrativ ta’siri ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkor shaxsida bozor munosabatlariga moslashuvining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tadbirkor shaxsining bozor munosabatlariga moslashishida kasbiy motivlardan “yaxshi jamoada yoki obro‘li tashkilotda ishlash”ni faollashuvidagi munosabatlarda “o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘ra bilish” dalillarni “aqliy tahlil qilish” xususiyatini differensial namoyon bo‘lishi tufayli “identifikatsiya”, “ratsionalizatsiyalash”, “sublimatsiya” psixologik himoya mexanizmlari ustuvor harakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-90-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-90 a-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkor shaxsida ikkilamchi kasbiy faoliyatni tanlash motivlari va bozor munosabatlariga ijtimoiy-psixologik moslashuviga ta’sir etuvchi omillar emperik jihatdan tadqiq etilgan;
tadbirkorlarning ikkilamchi kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli moslashuvida moddiy ehtiyojlarning tashabbuskorlik, erishilgan natijalarni baholash darajasiga, xavfsizlik ehtiyojining mag‘lubiyatdan qochish, iroda kuchiga, ijtimoiy ehtiyojlarning tashabbuskorlik, tan olinish ehtiyojining o‘zini hurmat qilish, yutuqlarni qadrlash, o‘zini takomillashtirish kutilayotgan natija darajasiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy omillar bilan ustuvor ehtiyojlar orasida o‘zaro bog‘liqlikning psixologik jihatlari asoslanganligiga oid ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-90-son buyrug‘iga asosan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-90 a-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlar psixikasidagi yetakchi omillar bilan ustuvor ehtiyojlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlikning psixologik jihatlarini asoslash imkoniyati yaratilgan;
rahbar tadbirkorlarning kasbiy faoliyatga moslashishini ta’minlovchi psixologik sifatlar kirishimlilik, yetakchilikka intilish, ijtimoiy etuklik va dadillik, mustaqillik kabi xususiyatlarning bozor munosabatlarida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli “ruhiy-asab barqarorligi”, “kommunikativ”, “axloqiy meyyoriy”, “moslashuvchanlik qobiliyati” mezonlariga muvofiq differensiatsiyalanishi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-90-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-90 a-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar tadbirkorlarning kasbiy faoliyatga moslashishini ta’minlovchi psixologik sifatlari va ijtimoiy yo‘nalganligining psixologik xususiyatlarini aniqlash va moslashuvchanlik mezonlariga muvofiq differensisiyalashtirish imkoniyati yaratilgan.
tadbirkorlarning kasbiy faoliyatga ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik xususiyatlarini rivojlanishida ruhiy-asab barqarorligi, kommunikativ xususiyatlarning faoliyat bilan uyg‘unlashuvi professional sohada shaxsning o‘ziga ijobiy emotsional munosabatni shakllanishiga olib kelganligi tufayli “muvaffaqiyatga intilish motivi”ning kognitiv aspekti ustuvor ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-90-son buyrug‘iga asosan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-90 a-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlarning kasbiy faoliyatga ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik xususiyatlarini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi motivlarning ustuvor jihatlarini emperik asoslash imkoniyati yaratilgan.
shaxsning tadbirkorlik faoliyatiga psixologik moslashuvida soft-kompetensiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy tasavvurlarga bog‘liq ravishda rivojlanishi nostandart tafakkur, konstruktiv qarorlar qabul qila olish xususiyatlarining gender sotsializatsiya negizida ifodalanishini kuchaytirganligi tufayli “subekt-bozor munosabatlari”ning “muvaffaqiyatli tadbirkor” obraziga integrativ ta’siri ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-90-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-90 a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning tadbirkorlik faoliyatiga psixologik moslashuvchanlik xususiyatlarining gender sotsializatsiya negizida ifodalanishi va ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik xususiyatlari hamda psixologik sifatlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni isbotlash imkoniyati yaratilgan.