Rajabov Murodil Jumaboevichnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxslararo munosabatlarda manipulyativ ta’sirdan himoyalanishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P133.
Ilmiy rahbar: Isakova Mu’azam Tulkinovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shukurov Rustam Eshonkulovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzah davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsga manipulyativ ta’sir etishda individual psixologik xususiyatlar, unda shaxs makevianliligining ko‘rinishi hamda transakt rollarning uch «men»ini anglab etish va unga qarshilik ko‘rsata olishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning o‘z-o‘zini subektiv baholashida ijtimoiy hayotda yetakchi mavqega ega bo‘lish niyati va qobiliyatini namoyon qilishi hamda manipulyativ ta’sirga ma’lum bir javob usuli mavjudligiga ko‘ra «manipulyator», «sharoitga qarab o‘zgaruvchi», «ta’sirga beriluvchi» tipologiyasining differensiatsiyasi tufayli shaxslararo munosabatlardagi dominant xulq bo‘yicha ustuvor farqlarning mavjudligi asoslangan;
psixologik ustunlikka erishishda shaxs makiavelianligining differensial farqlariga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda o‘z manfaatlarini ustun qo‘yish hisobiga empatiyaning susayishi va axloqiy me’yorlarni anglash bilan bog‘liq qarama­qarshiliklar muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirishiga ta’siri tufayli ijtimoiy guruhlarning shaxs xulqiga integral ta’siri asoslangan;
shaxslararo munosabatlardagi transakt rollarning kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishiga ko‘ra xulq­atvor stereotiplarida qaysarlik, ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik, muloqotdagi dominantlik, o‘zgalarni nazorat qilishga intilish, emotsionallikning muvaffaqiyatli xarakatlarni oshirishga integrativ ta’siri tufayli IIB xodimlari «bola», pedagog hamda talabalar «ota­ona» pozisiyasidan foydalangan holda subektiv xulq modeli konstruktlashi dalillangan;
suhbatdoshga manipulyativ ta’sir ko‘rsatishda shaxslararo muloqotda boshqa birovga «vosita» hamda «qadriyat» sifatida munosabda bo‘lishning o‘zaro transaktlarida differensial ifodalanishi tufayli mustaqil xulq­atvor xususiyatlariga ega shaxslar «dominant»likka intilishlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxslararo munosabatlarda manipulyativ ta’sirdan himoyalanishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxsning o‘z-o‘zini subektiv baholashida ijtimoiy hayotda yetakchi mavqega ega bo‘lish niyati va qobiliyatini namoyon qilishi hamda manipulyativ ta’sirga ma’lum bir javob usuli mavjudligiga ko‘ra «manipulyator», «sharoitga qarab o‘zgaruvchi», «ta’sirga beriluvchi» tipologiyasining differensiatsiyasi tufayli shaxslararo munosabatlardagi dominant xulq bo‘yicha ustuvor farqlarning mavjudligi asoslangan takliflar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-65-son buyrug‘iga asosan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsni manipulyativ ta’sirga javob reaksiyasining individual psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
psixologik ustunlikka erishishda shaxs makiavelianligining differensial farqlariga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda o‘z manfaatlarini ustun qo‘yish hisobiga empatiyaning susayishi va axloqiy me’yorlarni anglash bilan bog‘liq qarama­qarshiliklar muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirishiga ta’siri tufayli ijtimoiy guruhlarning shaxs xulqiga integral ta’siri asoslangan takliflar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-65-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik ustunlikka erishishdagi shaxs makiavelligining (axloqiy me’yorlarga bepisand bo‘lgan manipulyativ boshqaruv) o‘rni empirik tadqiq etilgan;
shaxslararo munosabatlardagi transakt rollarning kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishiga ko‘ra xulq­atvor stereotiplarida qaysarlik, ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik, muloqotdagi dominantlik, o‘zgalarni nazorat qilishga intilish, emotsionallikning muvaffaqiyatli xarakatlarni oshirishga integrativ ta’siri tufayli IIB xodimlari «bola», pedagog hamda talabalar «ota­ona» pozisiyasidan foydalangan holda subektiv xulq modeli konstruktlashi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-65-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxslararo munosabatlarda transakt rollar (bola, katta, ota-ona) orqali manipulyator ta’sirini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
suhbatdoshga manipulyativ ta’sir ko‘rsatishda shaxslararo muloqotda boshqa birovga «vosita» hamda «qadriyat» sifatida munosabda bo‘lishning o‘zaro transaktlarida differensial ifodalanishi tufayli mustaqil xulq­atvor xususiyatlariga ega shaxslar «dominant»likka intilishlari isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-65-son buyrug‘iga asosan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-65-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxslararo munosabatlarda shaxsga ta’sir etishning manipulyativ usullari va undan himoyalanishga doir takliflar ishlab chiqilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish