Shadiev Feruz Djaxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy rivojlanishida ta’sir ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P446.
Ilmiy rahbar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Hazrat Husenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;  Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
    Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy rivojlanishida ijtimoiy-psixologik omillarning ta’sirini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini darajaviy rivojlanishida so‘zni tushunish, tovush talaffuzi, fonemik tasavvurlar, so‘z zahirasi va tilning grammatik qurilishi bilan bog‘liq jihatlarni leksik kombinatsiyalashning shaxslararo munosabatlarda faollashuvi tufayli hududiy tafovutlarning mavjudligi dalillangan;
maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalar nutqini rivojlanishida oilalardagi hokimiyat ierarxiyasi, er-xotin orasidagi rol va majburiyatlarning taqsimlanishi, «ota-ona-bola» orasidagi ijtimoiy muloqot nutqni grmmatik, leksik va sintaktik jihatdan faollashatirganligi sababli «ota-onaning ma’lumotlilik darajasi» muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillangan;
kam sonli va ko‘p bolali oilalarda bola nutqini shakllantirishda er-xotin orasidagi o‘zaro ishonch, oilaning umumiy belgilar tizimidagi urf-odatlarga bog‘liq o‘ziga xos «muloqot tili» leksik kombinatsiyalar va fonemik tasavvurlar, so‘z zahirasini ortishiga bevosita ta’sir etishiga asoslanib, oila konfiguratsiyasi tarkibiy qismlari muhim ijtimoiy determinant ekanligi dalillangan;
bolada nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun nutqni tushunish va uning izchilligi, tovushlar talaffuzi agressiya, xavotirlanish hissi bilan teskari, optimizm bilan esa to‘g‘ri proporsional rivojlanish xususiyatiga ega ekanligi tufayli hissiy-emotsional sohaga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy rivojlanishida ijtimoiy-psixologik omillarning ta’sirini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini darajaviy rivojlanishida so‘zni tushunish, tovush talaffuzi, fonemik tasavvurlar, so‘z zahirasi va tilning grammatik qurilishi bilan bog‘liq jihatlarni leksik kombinatsiyalashning shaxslararo munosabatlarda faollashuvi tufayli hududiy tafovutlarning mavjudligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-80-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabr PM-80-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlar uchun bolaning nutqiy rivojlanishiga ijtimoiy-psixologik ta’sirining ahamiyati va uni oila kontekstida ko‘rib chiqilishi orqali ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, bu boradagi zarur bilimlarni kuchaytirishga erishilgan;
maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalar nutqini rivojlanishida oilalardagi hokimiyat ierarxiyasi, er-xotin orasidagi rol va majburiyatlarning taqsimlanishi, «ota-ona-bola» orasidagi ijtimoiy muloqot nutqni grmmatik, leksik va sintaktik jihatdan faollashatirganligi sababli «ota-onaning ma’lumotlilik darajasi» muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi  PM-80-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-80-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning nutqiy nuqsonlari mavjud maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, bu boradagi zarur bilimlarni kuchaytirishga erishilgan;
kam sonli va ko‘p bolali oilalarda bola nutqini shakllantirishda er-xotin orasidagi o‘zaro ishonch, oilaning umumiy belgilar tizimidagi urf-odatlarga bog‘liq o‘ziga xos «muloqot tili» leksik kombinatsiyalar va fonemik tasavvurlar, so‘z zahirasini ortishiga bevosita ta’sir etishiga asoslanib, oila konfiguratsiyasi tarkibiy qismlari muhim ijtimoiy determinant ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktabdagi PM-80-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi  PM-80-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning oilaviy maslahatni tashkil etishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
bolada nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun nutqni tushunish va uning izchilligi, tovushlar talaffuzi agressiya, xavotirlanish hissi bilan teskari, optimizm bilan esa to‘g‘ri proporsional rivojlanish xususiyatiga ega ekanligi tufayli hissiy-emotsional sohaga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlaganligiga od ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-80-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-80-a-son ma’lumotnomasi). Natijada markazlar mutaxassislari, amaliyotchi psixologlarning muammoli oilalarga psixoprofilaktik, psixologik maslahat turlari uslubiy va mazmunan takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish