O‘rinboev Eldorbek Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning harakat faolligini takomillashtirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped.3254.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratullo Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Palibaeva Zulfiya Xalmaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa dokdori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarga samarali ta’sir etuvchi mashqlarni tanlab yo‘naltirish hisobiga harakat faolligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini tana tuzilishining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini kuchli, o‘rtacha, kuchsiz harakatlanishda organizm qismlaridagi mutonosibligini turli murakkablikdagi harakatlar asosida aniqlash hisobiga maqsadli mashgʻulotlarni tanlash samaradorligi kengaytirilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning yurish fazalarini tortuvchi, bazaviy mezotsikllar asosida harakat faoliyatini fazoviy-vaqt ko‘rsatkichlari orqali mashgʻulot yuklamalarini anatomik belgilariga qarab mashqning shiddati davomiyligi va dam olish intervallarini me’yorlashtirish hisobiga organizm tana qismlariga tanlab rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning harakatlanish diapazonidagi fazalarini faol va passiv egiluvchanligini, muskul kuchini rivojlantirish bilan bir vaqtda mashgʻulotlarga kiritish hisobiga harakat faoliyati takomillashtirilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalar mashg‘ulotlarida maxsus mashqlar majmuasiga nogironlik aravachasida o‘tirib kaft, bilak, elka, gavda mushaklarini egish, burish va cho‘zish statodinamik streching, yoga mashqlarni kiritish hisobiga qomat buzilishini oldini olish imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tayanch-harakati apparati shikastlangan talabalarning harakat faoliyatini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini tana tuzilishining mustahkamligi ko‘rsatkichlarini kuchli, o‘rtacha, kuchsiz harakatlanishdagi organizm qismlaridagi mutonosibligini tahlil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgust 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-084 raqamli guvohnomasi). Natijada, tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning harakat faolligi o‘rtacha 10% ga oshishiga erishilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning yurish fazalarini muvofiqlikda tortuvchi, bazaviy mezotsikllar asosida harakat faoliyatini fazoviy-vaqt ko‘rsatkichlari orqali mashgʻulot yuklamalarini rejalashtirish bo‘yicha tayyorlangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi sport pedagogik mahoratini oshirish o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 06-01/06/13/7092-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning yurish fazasini muvofiqligi 9-12% ga yaxshilangan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning harakatlanish diapazonidagi fazalarini faol va passiv muskul kuchini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi sport pedagogik mahoratini oshirish o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 06-01/06/13/7092-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 10-12% oshirish imkonini bergan;
tayanch-harakati apparati shikastlangan talabalar mashg‘ulotlarida maxsus mashqlar majmuasiga statodinamik mashqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgust 418-son buyrug‘iga asosan 418-084 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tayanch-harakat apparati shikastlangan talabalarning qomat buzilishini oldini olish imkoniyati 11,3% ga yaxshilangan.