Xaydarov Mirg‘ofur G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pauerlifter paralimpiyachilarni tayyorgarlik samaradorligini tiklantiruvchi tadbirlar asosida oshirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2728.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovish, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Arziqulov Muqum O‘rolovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa dokdori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maxsus mashqlar va texnik vositalardan foydalangan holda tiklantirish tadbirlari asosida pauerlifter-paralimpiyachilarning mashg‘ulot samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paralimpiyachilar o‘rindiqda “shtangani ko‘krakdan siqib ko‘tarish” mashqini bajarishda harakat amplitudasining yakuniy bosqichida individual antropometrik ma’lumotlarini hisobga olgan holda, parallel o‘rnatilgan beqaror neylon arqonga tananing pastki qismi bilan tayanib, osiligan holda teskari tortinishdan foydalanish tufayli para-pauerlifterchilar tanasining postural mushaklarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
tayanch-harakat tizimi shikastlangan paralimpiya sportchilarining (elka kamarining assimetriyasi, tos suyagining egilishi, egilish joyining o‘zgarishi yani suyak assimetriyasi, umurtqa pog‘onasi, tananing umumiy og‘irlik markazining siljishi) “Smit mashinasi” trenajorida bajarilgan va egrilikni kamaytirishga qaratilgan ixtisoslashtirilgan va rivojlantiruvchi mashqlar majmuasi yordamida, bel mushaklarini kuchaytirish tufayli tananing yuqori qismi mushaklarini qayta tiklash va umurtqa pog‘onasining fiziologik egriligini to‘g‘irlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
“Push Band” moslamasi yordamida harakat tezligi va yurak-qon tomir tizimining yuklamaga bo‘lgan  ta’siri Polar h10 vositasida “shtangani ko‘krakdan siqib ko‘tarish” mashqini bajarishdagi yondashuvlar soni hamda shtanga og‘irligini o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qisqa vaqt ichida aniqlash hisobiga optimal hisoblash imkoniyati kengaytirilgan;
pauerlifter-paralimpiyachi sportchilarining shiddatli mashg‘ulot yuklamalarini (majmuasini) bajarganidan so‘ng “Spine Relaxer” trenajorida qisqa vaqt ichida dam olish va mushaklarni bo‘shashtirishga qaratilgan umirtqa pog‘onasini silkitib cho‘zish (pastga tortish) hisobiga tiklanish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. maxsus mashqlar va texnik vositalardan foydalangan holda tiklantirish tadbirlari asosida pauerlifter-paralimpiyachilarning mashg‘ulot samaradorligini yaxshilashga doir tadqiqot natijalari asosida:
paralimpiyachilar o‘rindiqda “shtangani ko‘krakdan siqib ko‘tarish” mashqini bajarishda harakat amplitudasining yakuniy bosqichida individual antropometrik ma’lumotlarini hisobga olgan holda parallel o‘rnatilgan beqaror neylon arqonga tananing pastki qismi bilan tayanib, osilgan holda teskari tortinishdan foydalanish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida parapauerlifting bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni tayyorlash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 5 maydagi 04-01/04/20/4279-son ma’lumotnomasi). Natijada, paurlifter-paralimpiyaching oyoqlari cho‘zilgan holatda (to‘g‘ri) ushlab turish vaqti 19,5% ga oshgan;
tayanch-harakat tizimi shikastlangan paralimpiya sportchilari (elka kamarining assimetriyasi, tos suyagining egilishi, egilish joyining o‘zgarishi yani suyak assimetriyasi, umurtqa pog‘onasi, tananing umumiy og‘irlik markazining siljishi) takomillashtirilgan “Smit mashinasi” trenajorida bajarilgan va egrilikni kamaytirishga qaratilgan ixtisoslashtirilgan va rivojlantiruvchi mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha takliflar Respublika milliy paralimpiya qo‘mitasida shug‘ullanuvchi terma jamoa a’zolari mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 5 maydagi 04-01/04/20/4279-son ma’lumotnomasi). Natijada, pauerlifter-paralimpiyachilarning tos suyaklarining egriligi 3,19±0,55 sm dan 0,70±0,19 sm gacha kamaygan;
“shtangani ko‘krakdan siqib ko‘tarish” mashqini bajarishda yondashuvlar soni va shtanga og‘irligini o‘quv-mashg‘ulot jarayonida aniqlash turli og‘irliklar bilan harakatlarni tezkorlik qobiliyatini rivojlantirish usulini joriy etish orqali, qisqa vaqt ichida innovasion uskunalar “Push Band” va yurak-qon tomir tizimining yuklamaga bo‘lgan ta’sirini kuzatish uchun Polar h10 yordamida shtangani ko‘krakdan siqib ko‘tarishda kuch va quvvatini aniqlash orqali yangi optimal hisoblash qaratilgan taklif va tavsiyalar Toshkent shahridagi “UNDEGRAUND” sport kulibidagi terma jamoa vakillari mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 5 maydagi 04-01/04/20/4279-son ma’lumotnomasi). Natijada paralimpiyachilarning ko‘krak dan shtangani siqib ko‘tarish mashqidagi ko‘rsatkichlari engil vazn toifasida 27,4%, o‘rta vazn toifasida 21,2 %, og‘ir vazn toifasida 23,8 % oshgan;
pauerlifter-paralimpiyachi sportchilarining shiddatli mashg‘ulot yuklamalarini (majmuasini) bajarganidan so‘ng ishlab chiqilgan “Spine Relaxer” trenajorida qisqa vaqt ichida dam olish va tiklanish (pastga tortish) usulini qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent shahridagi “Turon Deyv” sport kulibidagi terma jamoa a’zolari mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 5 maydagi 04-01/04/20/4279-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodika mashg‘ulot dasturini samarali rejalashtirish va mashg‘ulot yuklamalarining hajmi hamda shiddatini oqilona taqsimlashga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish