Islamov Erkin Gayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Tashqi iqtisodiy faoliyatni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2002
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyatni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari ro‘yxatiga qarzni talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad, axborot joylashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun olingan daromad, texnik xizmatlardan olingan daromadlarni kiritish asosida davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushishini ta’minlash taklifi asoslangan;
soliq to‘lovchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15 foizini tashkil etgan holatda nol darajali foiz miqdoridagi foyda solig‘i stavkasini qo‘llash tartibini bekor qilish orqali qo‘shimcha mablag‘larning tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyorida qolishiga erishish asoslangan;
bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmasligi hamda tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan jarima qo‘llamaslik orqali tadbirkorlarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
 nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solish tartibini ishlab chiqish asosida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining chet eldagi kompaniyalarini taqsimlanmagan foydasiga soliqlar to‘g‘ri hisoblanganligini nazorat qilishning huquqiy asoslarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari ro‘yxatiga qarzni talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad, axborot joylashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun olingan daromad, texnik xizmatlardan olingan daromadlarni kiritish asosida davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 20-apreldagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amliyotga joriy etilishi natijasida byudjetga 6,6 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha mablag‘ tushishiga erishilgan;
soliq to‘lovchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15 foizini tashkil etgan holatda nol darajali foiz miqdoridagi foyda solig‘i stavkasini qo‘llash tartibini bekor qilish orqali qo‘shimcha mablag‘larning tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyorida qolishiga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-228-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 20-apreldagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amliyotga joriy etilishi natijasida 2022-yilning noyabr-dekabr oylarida 249 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 94 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘lari o‘z ixtiyorida qolishiga erishilgan;
bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmasligi hamda tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan jarima qo‘llamaslik orqali tadbirkorlarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-228-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 20-apreldagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik sub’ektlarining 7,8 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha mablag‘lari o‘z ixtiyorida qolishiga erishilgan;
nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solish tartibini ishlab chiqish asosida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining chet eldagi kompaniyalarini taqsimlanmagan foydasiga soliqlar to‘g‘ri hisoblanganligini nazorat qilishning huquqiy asoslarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 20-apreldagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining chet eldagi kompaniyalarini taqsimlanmagan foydasiga soliqlar to‘g‘ri hisoblanganligini nazorat qilishning huquqiy asoslari yaratilishi ta’minlanib, byudjet daromadlarini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish