Babaxonov Ja’far Muxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliqlarning korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini baholash tartibini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2755.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01..
Rasmiy opponentlar: Burxonov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Botirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Soliqlarning korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini baholash tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovshilarning soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdori yuz million so‘mdan oshganda soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi, realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdori bir milliard so‘mdan oshganda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi tartibini belgilash orqali soliqlarning rag‘batlantiruvshi ta’sirini ta’minlash asoslangan;
soliqqa tortish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarini ta’sischilari (ishtirokshilari)ning tavsifi hamda yillik daromad miqdoriga asoslangan mezonlar bo‘yicha kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlik sub’ektlari toifalarga ajratish taklifi ishlab chiqilgan;
yuridik shaxslarning o‘z mulkiy egaligidagi ko‘chmas mulk obektlari va ishlab chiqarish maydonlaridan samarasiz foydalanayotganligi bo‘yicha xulosa kiritilgan holatda ularning qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi tartibini belgilash orqali soliqlarning samarali faoliyatga undovchi ta’sirini oshirish asoslangan;
yuridik shaxslar tomonidan korxonadagi ishlovchilar umumiy o‘rtacha yillik sonining 3 foizidan ko‘proq qismini nogironligi bo‘lgan shaxslar tarkibidan yollangan holatda foyda solig‘i stavkasi belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliqlarning korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini baholash tartibini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
soliq to‘lovchilarning soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdori yuz million so‘mdan oshganda soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi, realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdori bir milliard so‘mdan oshganda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi tartibini belgilash orqali soliqlarning rag‘batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimshalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-son Qonunida aks etgan va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 66-bob 462-moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-avgustdagi № 15-84597-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarning tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdoridan kelib chiqqan holda soliqlarning rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish imkoni yaratilgan;
soliqqa tortish maqsadida tadbirkorlik subektlarini ta’sischilari (ishtirokshilari)ning tavsifi hamda yillik daromad miqdoriga asoslangan mezonlar bo‘yicha kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlik subektlari toifalarga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmonida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-avgustdagi № 15-84597-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko‘payib, 490 ming birlikni, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oshib, 10 ming birlikni, yirik korxonalar soni esa bir yilda 400 taga ko‘payib, 1,5 ming birlikni tashkil etgan;
yuridik shaxslarning o‘z mulkiy egaligidagi ko‘chmas mulk obektlari va ishlab chiqarish maydonlaridan samarasiz foydalanayotganligi bo‘yicha xulosa kiritilgan holatda ularning qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi tartibini belgilash orqali soliqlarning samarali faoliyatga undovchi ta’sirini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-7412-son Qonunida aks etgan va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 66-bob 462–moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-avgustdagi № 15-84597-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuridik shaxslarning qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi tartibini kiritish orqali o‘z mulkiy egaligidagi ko‘chmas mulk obektlari va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishga undash imkoni yaratilgan;
yuridik shaxslar tomonidan korxonadagi ishlovchilar umumiy o‘rtacha yillik sonining 3 foizidan ko‘proq qismini nogironligi bo‘lgan shaxslar tarkibidan yollangan holatda foyda solig‘i stavkasi belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonunida aks etgan va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 47-bob 337-moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-avgustdagi № 15-84597-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 318 ta korxonalarning 6367,7 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lari o‘z ixtiyorida qolishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish