Yariev Sherzod Shukurjanovichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy nazorat va auditni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1246.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonov Karimjon Bokidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Moliyaviy nazorat va auditni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
har bir nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshirish va «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga olish taklif etilgan;
auditorlik tashkilotlari turdosh xizmatlari tarkibiga auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berishni kiritish asoslangan;
byudjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditini joriy qilish tavsiya etilgan;
ichki audit rejalari, avvalgi o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalarni bajarilishi, o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari va oldi olingan qonun buzilishlar, aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar omillariga butun sonlardagi 1-3 ball berish orqali ichki audit xizmatlarining xavf darajasini baholash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy nazorat va auditni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
har bir nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshirish va «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi 05/14-05-238–sonli dalolatnomasi). Natijada, o‘tkazilgan ichki audit natijalari “Davlat auditi” dasturiy kompleksida aks ettirilib boriladi va auditning natijaviyligi nazorat qilinadi. 2022 yilda davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari sonining 5583 taga qisqarishiga erishildi, jumladan, 251 ta takroriy tekshirishlarning oldi olingan;
auditorlik tashkilotlari turdosh xizmatlari tarkibiga auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berishni kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi” O‘RQ-677-son qonunning 33-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi 05/14-05-238–sonli dalolatnomasi). Natijada, auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlar tarkibi auditning xalqaro standartlari, shu jumladan 4400 – “Moliyaviy standartga nisbatan kelishilgan tartib – taomillarni bajarish bo‘yicha kelishuvlar” va 4410 – “Moliyaviy hisobotlar kompilyatsiyasi bo‘yicha kelishuvlar” kabi Turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari talablariga moslashtirilgan;
byudjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi” O‘RQ-677-son qonunning 9-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi 05/14-05-238–sonli dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi” qonun auditning xalqaro standartlariga uyg‘unlashtirilgan;
ichki audit rejalari, avvalgi o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalarni bajarilishi, o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari va oldi olingan qonun buzilishlar, aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar omillariga butun sonlardagi 1-3 ball berish orqali ichki audit xizmatlarining xavf darajasini baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 avgustdagi “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 377-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida NIZOM” da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi 05/14-05-238–sonli dalolatnomasi). Natijada, o‘tkazilgan ichki audit natijalari “Davlat auditi” dasturiy kompleksida aks ettirilib boriladi va auditning natijaviyligi baholanib boriladi hamda nazorat qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish