Muxsimova Dilafruz Xikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” va 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2517.
Ilmiy rahbar: Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yakubova Elnoraxon Talabxonovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning maqsadi qayta ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish uchun zaxiralarni aniqlash va ulardan foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlanayotgan mamlakatlarda qayta ishlash sanoatining iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir etishini ta’minlovchi inson kapitali indeksi (0,631 gacha bo‘lishi) va davlat bashqaruvi samaradorligi indeksining (2,84 gacha bo‘lishi) chegara darajalari aniqlangan;
Jahon banki metodologiyasi bo‘yicha o‘rta daromadli mamlakatlar kesimida qayta ishlash sanoati ko‘rsatkichining o‘sishiga investisiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va korrupsiya darajasining ta’sir etish modeli ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda qayta ishlash sanoatini rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlarining YaIMdagi ulushi, qonun ustuvorligi, savdo ochiqligi indekslarining 54 ta tanlab olingan mamlakatlar darajasiga etkazish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
inson kapitali, qayta ishlash sanoati va boshqa bir qator omillar ta'sirini hisobga olgan holda ekonometrik model asosida 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning stsenariy prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida quyidagi ilmiy natijalar amaliyotga joriy etildi:
rivojlanayotgan mamlakatlarda qayta ishlash sanoatining iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir etishini ta’minlovchi inson kapitali indeksi (0,631 gacha bo‘lishi) va davlat bashqaruvi samaradorligi indeksining (2,84 gacha bo‘lishi) chegara darajalarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 martdagi “iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-sonli Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi 04-15-01-10/10-5620-sonli ma’lumotnomasi);
Jahon banki metodologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘rta daromadli mamlakatlar kesimida qayta ishlash sanoati ko‘rsatkichining o‘sishiga investisiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va korrupsiya darajasining ta'sir etish modeli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi “sanoat kooperasiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4302-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi 04-15-01-10/10-5620-sonli ma’lumotnomasi);
O‘zbekistonda qayta ishlash sanoatini rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlarining YaIMdagi ulushi, qonun ustuvorligi, savdo ochiqligi indekslarining 54 ta tanlab olingan mamlakatlar darajasiga etkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentyabrdagi “engil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4453-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi 04-15-01-10/10-5620-sonli ma’lumotnomasi);
inson kapitali, qayta ishlash sanoati va boshqa bir qator omillar ta’sirini hisobga olgan holda ekonometrik model asosida ishlab chiqilgan 2030 yilgacha bolgan iqtisodiy o‘sishning stsenariy prognozlari “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontsepsiyasi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi 04-15-01-10/10-5620-sonli ma’lumotnomasi).