Mo‘ydinov Xurshidbek Abdullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Oilaviy korxonalarning boshqaruv samaradorligini oshirish (Andijon viloyati misolida)”,
08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2648
Ilmiy rahbar: Muftaydinov Qiyomiddin Hamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raxonov Muzaffar Eskanderovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik – texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oilaviy korxonalarning boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oilaviy korxona” va “oilaviy korxonalar boshqaruv tizimi” tushunchalarining mohiyati (ta’rifi) oilaviy samarali ishlab chiqarishni tashkil qilishning maqsad va vazifalariga monand ravishda boshqaruvda oilaviy (oilabay) - hududiy (mahallabay) imkoniyatlarning sinergetik samaradorligini oshirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
oilaviy korxonalarning tashkiliy-tuzilmaviy, xarajat va personal boshqaruvi samaradorligini baholashga yondashuv “samarasiz boshqaruv”, “o‘rtacha boshqaruv” va “barqaror boshqaruv” chegaraviy darajada baholashga ko‘ra takomillashtirilgan holda mos ravishda 20%-54%, 55%-79,9% va 80%-100% chegaralari asoslangan;
oilaviy korxonalar samaradorligini kompleks baholash yondashuvi marketing-innovatsion faoliyatda ustuvor darajada sifat mezoni asosida mahsulotlar bozori boshqaruvi samaradorlini oshirish, maqsadli parametrlarga ko‘ra mahsulotlar assortiment tarkibini takomillashtirish asosida ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
Andijon viloyatida oilaviy korxonalarni mahsulot sotishdan tushumi, mahsulot tannarxi, eksport hajmi kabi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning 2026-yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“oilaviy korxona” va “oilaviy korxonalar boshqaruv tizimi” tushunchalarining mohiyati (ta’rifi) oilaviy samarali ishlab chiqarishni tashkil qilishning maqsad va vazifalariga monand ravishda boshqaruvda oilaviy (oilabay) - hududiy (mahallabay) imkoniyatlarning sinergetik samaradorligini oshirishga ko‘ra takomillashtirish taklifi Savdo sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2023-yil
8-maydagi 11/03-30-5321-son ma’lumotnoma-si). Mazkur taklifning joriy etilishi oilaviy korxonalarda ishchi kuchidan samarali foydalanish, oilaviy korxonalar qobiliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirish hamda oilaviy korxona tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oilaviy korxonalarning tashkiliy-tuzilmaviy, xarajat va personal boshqaruvi samaradorligini baholashga yondashuv “samarasiz boshqaruv”, “o‘rtacha boshqaruv” va “barqaror boshqaruv” chegaraviy darajada baholashga ko‘ra takomillashtirish taklifi Savdo sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi
PQ-39-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 8-maydagi 11/03-30-5321-son ma’lumotnoma-si). Taklifning joriy qilinishi oilaviy korxonalar boshqaruv samaradorligini baholashning aniqlik darajasini oshirishga ko‘ra sinergetik samaradorlikni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oilaviy korxonalar samaradorligini kompleks baholash yondashuvi marketing-innovatsion faoliyatda ustuvor darajada sifat mezoni asosida mahsulotlar bozori boshqaruvi samaradorlini oshirish, maqsadli parametrlarga ko‘ra mahsulotlar assortiment tarkibini takomillashtirish asosida ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘ra takomillashtirish taklifi Savdo sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2023-yil 8-maydagi 11/03-30-5321-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish “og‘ir” mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni yanada kengaytirish, samaradorlikni kompleks baholash aniqliligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Andijon viloyatida oilaviy korxonalarni mahsulot sotishdan tushumi, mahsulot tannarxi, eksport hajmi kabi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning 2026-yilga qadar prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan “Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 8-maydagi 11/03-30-5321-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijada 2026-yilga borib viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmini 1,6 marta oshirish orqali oilaviy korxona subektlarining eksport hajmini qariyb 3,0 martaga oshirish imkoniyatiga muayyan darajada xizmat qiladi.