Ochilova Hilola Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida oliy ta’lim xizmatlarini takomillashtirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2535.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida oliy ta’lim xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini ta’minlashni takomillashtirish uchun dual ta’limni joriy qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari (OTM) tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari, korxona va muassasalarni tashkil qilish mexanizmi takomillashtirilgan;
kuchlarni birlashtirish, tizimli ta’sir va kelajakning bugunga ta’sirini jamlagan sinergetika imkoniyatlaridan foydalanib oliy ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishda ta’lim muassasalari, ota-onalar va ish beruvchilarning samarali hamkorligini ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iqtisodiy tahlilning zanjirli almashtirish va indeks usullaridan foydalanib, oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashning ekonometrik multiplikativ modeli ( ) takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlarining 2010-2022 yillardagi dinamikasi qiyosiy tahlili asosida uning 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini ta’min-lash maqsadida dual ta’limni joriy qilish uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida mutaxas-sisliklariga mos korxona, tashkilot va muassasalarni tashkil qilish hamda o‘quv jarayonida foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim sifatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 4/17-4/4-4139-son ma’lumotnomasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi nazariya va amaliyot integrasiyasiga muvofiq fan-ta’lim-ishlab chiqarishning samarali hamkorligini ta’minlash asosida yuqori malakali raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish mexanizmi unga sinergetikaning ta’sir vositalarini qo‘llagan holda “ta’lim muassasalari – ota-onalar – ish beruvchilar” hamkorligining samarali amal qilish tartibi har birining mas’uliyatini oshirish evaziga takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim sifatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 4/17-4/4-4139-son ma’lumotnomasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabaning mas’uliyatini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga ichki omillar bilan birga tashqi omillar ta’sirini ham hisobga olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
iqtisodiy tahlilning zanjirli almashtirish va indeks usullaridan foydalanib, oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi talabalarning bilim darajasi (a’lo, yaxshi, o‘rta baholar) bilan bog‘liq omillarni aniqlashning ekonometrik multiplikativ modeli ( ) asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim sifatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 1- iyuldagi 4/17-4/4-4139-son ma’lumotnomasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va yuqori malakali raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratgan;
oliy ta’lim xizmatlari hajmi va samaradorligining dinamikasini qiyosiy tahlil qilish asosida 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim sifatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 4/17-4/4-4139-son ma’lumotnomasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida 2026-yilga kelib viloyatda ta’lim xizmatlari hajmini 32 %ga oshirilishi, mablag‘larning 40462,0 mlrd. so‘mga ko‘payishi imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan.