Tursunaliev Bobur Begali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahsuldor sigirlarda subklinik ketoz kasalligini davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish”, 16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/V55
Ilmiy rahbar: Norboev Qurbon Norboevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Baxtiyar Mamatkulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Isaev Mashrab Tursunbaevich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsuldor sigirlarda subklinik ketozni tarqalishi, keltiradigan iqtisodiy zarari va etiologiyasini o‘rganish, kasallikga tashxis qo‘yish, davolash hamda oldini olish usullarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsuldor sigirlarda subklinik ketozning asosiy sabablari rasionlarning oqsilli va energetik jihatdan nomutanosibligi, fosfor-kalsiy nisbatlarining pastligi, bir tomonlama silos-konsentrat tipdagi oziqlantirish ekanligi aniqlangan;
sigirlarning subklinik ketozini siydik va qon tarkibidagi keton tanachalari miqdorini ekspress usulda (KETONE URS-1K indikatorli test yordamida) aniqlash orqali ertachi diagnostika qilish mumkinligi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda subklinik ketozning etiopatogenezi o‘rganilib, kasallikning gipogemoglobinemiya, gipoglikemiya, disproteinemiya, gipokarotinemiya, ketonemiya, ketonuriya bilan kechishi ilmiy asoslangan;
sigirlar organizmida keton tanachalar miqdorining qon (o‘rtacha 1,584±0,08 mmol/l), sut (1,483±0,06 mmol/l) va siydik tarkibidagi miqdorining (3,216±0,06 mmol.l) ortishi subklinik ketozni rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda subklinik ketozning oldini olishda LPP-1 vitamin-mineralli premiksidan 40 g, Orego Plus preparatidan - bir boshga 1,5 g, natriy gidrokarbonat – bir boshga 20 g omuxta emlarga aralashgan holda qo‘llashning samaradorligi yuqori bo‘lib, sut mahsuldorligini 15,1% ga oshishi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahsuldor sigirlarda subklinik ketoz kasalligini davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Mahsuldor sigirlarda subklinik ketozni diagnostikasi uni davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi №02/23-525-son ma’lumotnomasi). Bunda sigirlarda subklinik ketozni erta diagnostika qilish, guruhli davolash va oldini olishda ijobiy natijalarga erishilgan;
sigirlarda subklinik ketozni davolashda LPP-1 vitamin mineralli premiksidan 50 gr, natriy gidrokarbonat 60g/bir boshga kuniga bir marta, ishtaha ochuvchi va o‘t haydovchi ruminaktiv 20 ml kuniga 2 marta suv bilan aralashtirib berish, 25% li glyukoza eritmasidan 400 ml kun ora bir marta vena qon tomiriga yuborish, (jami 7 marta) multivit + minerallar preparatidan davolashning birinchi va o‘ninchi kunlari muskul orasiga 20 ml ineksiya qilish usuli ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi №02/23-525-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlar organizmidagi keton tanachalar miqdorining me’yorlashuvi, servis davrining 60-75 kungacha qisqartirish imkonini bergan;
mahsuldor sigirlarda subklinik ketozni oldini olish uchun LPP-1 vitamin mineralli premiksi bir boshga 40 g dan, Orego Plus 1,5 g, natriy gidrokarbonat 20 g omuxta emlarga aralashtirib maxsus tayyorlangan granulali em tarkibi ishlab chiqilgan va Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridagi qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi №02/23-525-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida sigirlarda klinik va gematologik ko‘rsatkichlarning fiziologik me’yorlar darajasida yaxshilanishi, sut mahsuldorligining o‘rtacha 15,1% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.