Yusupova Shoiraxon Xasanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Farg‘ona no‘xat agrotsenozi fitofag hasharotlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B744.
Ilmiy rahbar: Zokirov islomjon Ilhomjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Madumarov Maqsadjon Jumanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Farg‘ona no‘xat agrotsenozlarida uchrovchi hasharotlar tur tarkibini aniqlash va ularning ekologiyasi, muhim dominant turlar biologiyasi va morfo-ekologik xususiyatlarini ochib berish hamda ularga qarshi kurashga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoliy Farg‘onaning no‘xat agrotsenozlarida hasharotlar tur tarkibi aniqlanib, 6 turkum 21 oilaning 36 avlodiga mansub 44 turdan iborat fitofaglar aniqlangan;
13 turga mansub fitofag hasharotlar Shimoliy Farg‘ona hududi faunasida ilk bor ma’lum qilingan;
hasharotlar o‘simliklar bilan biotsenotik aloqalariga ko‘ra, keng polifag (7 tur), polifag (30 tur), keng oligofag (1 tur), oligofag (5 tur) hamda monofag (1 tur) tiplarga bo‘lingan, shuningdek fitofaglar fakultativ xortobiont (17 tur), xortobiont (9 tur), tamnobiont (1 tur), ixtisoslashgan fitofil (10 tur), fissurobiont (2 tur) va geobiont
(5 tur) guruhlarga klassifikatsiya qilingan hamda oziqlanish xususiyati va tarqalishiga ko‘ra ixtisoslashgan, mavsumiy oziqlanishida no‘xat o‘simligi bo‘lgan hamda tasodifiy uchrovchi turlar ekologik guruhlari ishlab chiqilgan;
no‘xat agrotsenozi hasharotlarining uchrash darajasi balandlik mintaqalariga ko‘ra cho‘l (44 tur), adir (43 tur), tog‘ (17 tur) mintaqasiga taqsimlangan;
faunada dominant bo‘lgan 9 turga mansub fitofaglarning biologiyasi va hayotiy sikllari ochib berilgan;
no‘xatning asosiy zararkunanda turlari – Acyrthosiphon pisum, Bruchus pisorum va Spodoptera exigua namunalarining morfometrik belgilari asosida hududlardagi individlar varibelligi aniqlangan;
Callosobruchus maculatus (Fabricius, 1775) turi mitoxondrial DNK (mtDNK) ning sitoxrom oksidaza I (COI) geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar identifikatsiya qilingan;
geografik-ekotopik o‘zgaruvchanligiga ko‘ra Acyrthosiphon pisum shirasi 9 ta morfometrik belgi bo‘yicha, Bruchus pisorum qo‘ng‘izi 3 ta va Spodoptera exigua tunlami esa 4 ta belgi bo‘yicha cho‘l va adir mintaqalarida ishonchli (st=2,9; tf>st yoki R>0,01) darajada farqlanishi isbotlangan;
fitofaglarning no‘xat agrotsenozida ommaviy ko‘payishining mavsumiy o‘zgarishlari asosida zararkunanda hasharotlar populyasiyasini boshqarish va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoliy Farg‘ona no‘xat agrotsenozi fitofag hasharotlari mavzusi bo‘yicha natijalari asosida:
Shimoliy Farg‘ona hududi no‘xat agrotsenozida 6 turkum 18 oila 36 avlod 38 turga mansub 80 nusxa hasharot namunalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 3 avgustdagi 4/1255-1629-son maʼlumotnomasi). Natijada, mavjud hasharotlar kolleksiyasi fondini yangi namunalar bilan boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli hududlarda tarqalishi va ekologiyasini o‘rganishda hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan;
“No‘xat ekinining asosiy zararkunandalari va ularga qarshi kurash” nomli ishlab chiqilgan tavsiyanoma Namangan viloyati Chust tumani “To‘xtaboy Axmedov”, Uychi tumani “Xojiobod sof tola”, Chortoq tumani “Saxiy Boyazit” fermer xo‘jaliklarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 avgustdagi 04/21-21-08/396-son maʼlumotnomasi). Natijada, no‘xat ekinining zararkunanda hasharotlar bilan zararlanishini Uychi tumanida 75-78%, Chust va Chortoq tumanlarida 65-70% kamayishi va hosildorlik 16-21% ga ortish imkonini bergan;
Callosobruchus maculatus turining COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha maʼlumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2023-yil 2-sentyabrdagi maʼlumotnomasi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Callosobruchus maculatus – OR490527 inventar raqami olingan va u xalqaro miqyosda donxo‘r qo‘ng‘izlar filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan.