Nabiev Bekzod Ne’matjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida turli haroratlarda qizdirib pishirilgan alyuminiyli bronzani olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2651.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov Tulqin Usmonovich, texnika fanlari doktori; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida turli haroratlarda qizdirib pishirilgan alyuminiyli bronzani olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuq fazali qizdirib pishirishda qotishma hosil qilish qonuniyatlari asosida alyuminiyli bronzada alyuminiyning foizli miqdorining kirishuvchanligi va fizik-mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan;
rentgenstruktura tahlillar asosida alyuminiyli bronzada grafit va temir sul`fidi qo‘shimachasining qotishma mikrostrukturasiga ta’siri aniqlangan;
ishqalanish koeffisientini qotishmadagi grafit va temir sul`fidi miqdoriga bog‘liq holda alyuminiyli bronzaning antifriksion kukun qotishmasini optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
qotishmaning fizik-mexanik xossasini qizdirib pishirish haroratiga bog‘liqligi asosida grafit va temir sul`fid qo‘shimchasiga ega bo‘lgan alyuminiyli bronzaning antifriksion kukun qotishmasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida turli haroratlarda qizdirib pishirilgan alyuminiyli bronzani olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo asosida grafit va temir sul`fid qo‘shimchasiga ega bo‘lgan misning alyuminiy bilan antifriksion kukun qotishmasini olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi «Nodir metallar va qattiq qotishmalar» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 30-noyabrdagi 11-22/01-0331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qotishmaning tannarxini 20% kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo asosida antifriksion kukun qotishmasining (85,25% - Cu, 11% - Al, 1,75% - C, 2% - FeS2) tarkibi  “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi «NM va QQ» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJ.ning 2022 yil 30-noyabrdagi 11-22/01-0331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qotishmaning ishqalanish koeffisientini 0,1 dan 0,05% gacha kamaytirish imkonini bergan;
mis asosdagi antifriksion kukun qotishmasini presslash va qizdirib pishirishning (presslash bosimi – 500 MPa; qizdirib pishirish harorati – 850 0S) texnologik rejimi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi «NM va QQ» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 30 noyabrdagi 11-22/01-0331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qotishmaning eyilishbardoshliligini 1,3 – 1,4 martaga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish