Mirsaatova Shaxnoza Xikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Skvajinalarni burg‘ilash jarayonida yuz beradigan geologik asoratlarni oldini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2812.
Ilmiy rahbar: Raximov Anvarxodja Akbarxodjievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ huzuridagi DSc.23/25.08.2021.T.136.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aliev Baxodir Abduganievich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadjanov Elzod Ulmasovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: skvajina devorlarining to‘kilishi, o‘pirilishi, torayishi hamda burg‘ilash uskunasining siqilib qolishining oldini olish uchun past filtrlash xususiyatlariga ega ko‘p funksiyali kimyoviy reagentni o‘z ichiga olgan burg‘ilash eritmasining yangi tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skvajinalarni burg‘ilash jarayonida skvajina devorlarining to‘kilishi, o‘pirilishi va burg‘ilash asboblarining siqilib qolishining oldini olish maqsadida burg‘ilash eritmalarining suv ajratishini kamaytiradigan ko‘p funksiyali kimyoviy reagent mahalliy sanoat chiqindisi asosida ishlab chiqilgan;
geologik asoratlarni oldini olish uchun UMSni o‘z ichiga olgan ikkita modifikatsiyadagi burg‘ilash eritmalarining yangi tarkiblari ishlab chiqilgan hamda burg‘ilash eritmalarining qatlamga yutilishini oldini olish uchun yutilish zonasiga tamponaj qorishmasini etkazib beradigan konteyner ishlab chiqilgan;
skvajina devorlarida korka hosil bo‘lishi bilan skvajina devorlarining barqarorligini oshishi va filtratning tog‘ jinslariga kirib borishini kamaytirish ilmiy asoslangan;
burg‘ilash eritmasining tuzilmasiga yuqori issiqlikka bardoshliligi aniqlangan;
UMS reagentining moylash xususiyatlari burg‘ilash asboblarida salnik hosil bo‘lishining oldini olishini ta’minlashi aniqlangan;
Ustyurt neft va gaz mintaqasi maydonlarida skvajinalarni burg‘ilashda UMS reagenti qo‘llanilgan burg‘ilash eritmalari asosida geologik asoratlarning oldini olish muammolarini hal qilish bo‘yicha kompleks yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Skvajinalarni burg‘ilashda geologik asoratlarni oldini olishni ta’minlaydigan, mahalliy resurslar asosida yaratilgan, yangi kimyoviy reagentni qo‘llagan holda burg‘ilash eritmasini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab geologik-qidiruv skvajinalarini burg‘ilab o‘tish jarayonida geologik asoratlarni oldini olish uchun konteyner ixtirosiga O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan (IAP 06550, 2021 y.). Natijada, burg‘ilash eritmasining qatlamga yutilishi to‘xtatilgan va material-texnik resurslarni iqtisod qilish imkonini bergan;
UMS kimyoviy reagentini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan ko‘p funksiyali burg‘ilash eritmasi Ustyurt neft-gaz mintaqasi Shagirlik konining № 1 hamda Quyi Sharqiy Berdax konining № 2-skvajinalarini burg‘ilab o‘tish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 28 dekabrdagi 05-24-803-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiyani joriy etish bilan geologik asoratlar, doloto va burg‘ilash asboblarida salnik hosil bo‘lishi oldi olinib, moylovchi qo‘shimchalardan foydalanishni 10% gacha tejash, shuningdek, bir skvajina uchun 45 million so‘m iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.