Ismatov Sunnatullo Shamsullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xom o‘simlik moylarini hamroh moddalardan kompleks tozalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T617.
Ilmiy maslahatchi: Majidov Qaxramon Xalimovich texnika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azim Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Tillaeva  Gulnora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Yo‘lchiev Aslbek, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosqichma-bosqich ishlov berish hamda turli kuchlanishdagi elektromagnit maydonda faollashtirilgan ishqoriy eritmalarni ta’sir qilish usullarini qo‘llash orqali xom o‘simlik moylarini yo‘ldosh moddalardan kompleks tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy paxta, kungaboqar va soya navlaridan olingan xom o‘simlik moylari tarkibidagi yo‘ldosh moddalar, erkin yog‘ kislotalari, fosfolipidlar, gossipol va uning hosilalari miqdori aniqlangan;
ilk marotaba forpress va ekstraksion paxta moylarini bosqichma-bosqich ishqoriy neytrallash, yangi turdagi reagentlar yordamida kungaboqar moylarini gidratlash, turli kuchlanishga ega elektromagnit maydon yordamida rafinatsiyalangan moylarni oqartirish va dezodoratsiya qilishning yangi texnologik usullari yaratilgan;
rafinatsiyalangan oziq-ovqat yog‘larning sifati va oziq-ovqat xavfsizligini oshirishning optimal texnologik parametrlari va rejimlari ishlab chiqilgan;
paxta, kungaboqar va soyaning turli navlarini qayta ishlash natijasida olingan xom o‘simlik moylarini kompleks tozalash bo‘yicha mavjud nazariy g‘oyalar kengaytirishi asoslangan;
rafinatsiyalangan paxta, kungaboqar va soya moylarini oqartirish texnologiyasida yangi turdagi adsorbentlar va modifikatsiyalangan gillarni  qo‘llash orqali o‘simlik moylarini kompleks tozalashning yangi ilmiy va tajriba yo‘nalishlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xom o‘simlik moylarini yo‘ldosh moddalardan kompleks tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xom ashyo asosidagi o‘simlik moylarini elektromagnit maydondan foydalangan holda faollashtirilgan suv ta’sirida kompleks tozalash texnologiyasi “Koson-yog‘” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 12 sentyabrdagi KS/3-429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xom o‘simlik moylarining kimyoviy tarkibini ya[shilashga hamda yo‘ldosh va hid beruvchi moddalarning miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
elektromagnit maydon ta’sirida ishqor eritmasidan foydalangan holda o‘simlik moylarini bosqichma-bosqich rafinatsiyalash, gidratlash, oqartirish va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi “Surxonoziqovqatsanoati”da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 12 sentyabrdagi KS/3-429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tozalangan moylarning sifati va xavfsizlini oshirish uchun rafinatsiyalangan moylarni gidratlash, ishqoriy neytrallash, oqartirish va dezodoratsiyalash jarayonlarining texnologiyasini va rejimlarini optimallashtirish imkoniyati earatilgan;
xom o‘simlik moylarini elektromagnit maydondan foydalangan holda dezodoratsiyalash texnologiyasi “Kogon-yog‘-ekstaksiya” AJda amaliyotda tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi» ning 2023 yil 12 sentyabrdagi № KS/3-429 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik moylarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga hamda xom ashyo va tayyor mahsulotlar sarfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish