Sharipov Lazizjon Okildjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chuqur karerlar bortlarining turg‘unligini ta’minlash uchun tog‘ jinslari massivi holatini boshqarish usulini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.17 ‒ Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4150.
Ilmiy rahbarlar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasirov Utkir Fatidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Vinnikov Vladimir Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ochilov Shuhratulla Atoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: karer bortlari va pog‘onalarining turg‘unligini oshirish uchun portlatish parametrlari va tog‘ jinsi massivi holatini boshqarish bo‘yicha texnologik echimlarni ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deformatsion jarayonlarning eng xavfli yuzaga kelish zonalarini aniqlash imkonini beruvchi karerlar chuqurlashishida tog‘ jinslari fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishi aniqlangan;
har qanday intervalning istalgan nuqtasida tebranish tezligini, tog‘ jinsining xususiyatlarini hisobga oluvchi hamda portlatishning turli usullari va sharoitlari uchun so‘nish darajasini ko‘rsatuvchi koeffisientlar qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi portlovchi moddalar zaryadlari maydoni bo‘yicha tarqoqlashgan portlashning seysmik ta’siri modellashtirilgan;
portlatiladigan blok atrofida berilgan interval bilan tebranishlar tezligiga teng bo‘lgan izochiziqlarni, shuningdek, portlatiladigan blok fronti va qanoti bo‘ylab tebranishlar tezliklarining profilini tuzish imkonini beruvchi portlashning seysmik ta’sirining matematik modeli ishlab chiqilgan;
portlatish ishlari olib boriladigan hudud yaqinida joylashgan muhim muhandislik inshootlarining xavfsizligini ta’minlash va saqlash, massivning buzilishi va yoriq hosil bo‘lishini kamaytirish, shuningdek, to‘kilma va o‘pirilishni kamaytirish maqsadida yalpi portlatishda skvajinalar qatorini yo‘naltirish sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
BPI ni olib borish texnologiyasini hisobga olgan holda tog‘ jinslari massivi holatini boshqarish va karer bortlarining turg‘unligini ta’minlash usullarini ilmiy jihatdan asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karerning konturoldi hududida portlatish ishlarini olib borishning seysmik jihatdan xavfsiz usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Qalmoqir karerida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 29 dekabrdagi 12-23/01-2147-son ma’lumotnomasi). Natijada, karer bortiga va tog‘ jinslarini yumshatish samarasini kamaytirmasdan muhandislik inshootlariga seysmik jihatdan ruxsat etilgan bosimni ta’minlash, o‘rtacha bo‘lak o‘lchamini 15-20% ga qisqartirish holda kon massasining maydalanish sifatini oshirish, ekskavatorlarning ish unumdorligini 10-15% ga va yuk ko‘tarish quvvati yuqori bo‘lgan transport vositalarining ish unumdorligini 10-12% ga oshirish imkonini bergan; 
karerning chegaraviy konturida pog‘onalarni qiyalashtirish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Qalmoqir karerida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 29 dekabrdagi 12-23/01-2147-son ma’lumotnomasi). Natijada, pog‘ona yuzasi bo‘yicha qoldiq deformatsiyalar hududining kengligini 1,5-2,0 baravarga qisqartirish, pog‘onani yuqori sifatda qiyalashtirish va kon ishlarini olib borish xavfsizligini, konturorti massivining to‘liq saqlanishini ta’minlash va loyiha bilan solishtirganda ochish ishlari hajmi ~ 4 mln. m3 ga qisqartirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish