Muxtorova Muhayyo Saidmurot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek badiiy kinosida komediya janri”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/San144.
Ilmiy rahbar: Karimova Nigora G‘anievna, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Xaydarova Nigora Toxirjonovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat xoreografiya va milliy raqs akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi komediya janrining o‘zbek badiiy kinosi rivojida tutgan o‘rnini belgilash hamda o‘zbek kinokomediyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini, badiiy-estetik tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
komediya janridagi filmlarda kuchli badiiy obrazlilik, hozirjavoblik, muammolarni bilvosita aks ettirish xususiyatlari mavjudligi bois, jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
o‘zbek badiiy kinosining taraqqiyot bosqichlarida komediya janrining evolyusiyasi va transformatsiyasi natijasida “musiqiy komediya”, “lirik komediya”, “satirik komediya”, “sarguzasht komediya”, “ijtimoiy komediya”, “maishiy komediya” kabi modellari shakllangani asoslangan;
an’anaviy kinokomediya janri takomilidagi evrilishlar, syujet va kompozisiya qamrovining kengayishi, rejissurada ikkinchi plan personajlariga urg‘uning kuchayishi, boshqa janrlar unsurlari bilan sintezlashuvining ta’siri bois muallif va rejissyorlarning ijodiy individualligi namoyon bo‘lgani asoslangan;
komediya janridagi filmlarda badiiylik moduslari yangilanishi natijasida janrning struktural-semantik xossalari o‘zgarib borgani aniqlangan;
zamonaviy davrda komediya janridagi filmlar o‘tkir ijtimoiylikdan chekinib, folklor-etnografik tomosha hamda maishiy-ko‘ngilochar shakllarida ifodalanayotgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy kinosida komediya janri mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy davrda komediya janridagi filmlar o‘tkir ijtimoiylikdan chekinib, folklor-etnografik tomosha hamda maishiy-ko‘ngilochar shakllarida ifodalanayotgani asoslangan taklif va tavsiyalardan Madaniyat vazirligi tomonidan 2023 yil 7-10-sentyabr kunlari o‘tkazilgan teatr dramaturgiyasi va kinossenariylarini yanada rivojlantirishga qaratilgan yosh ijodkorlarning “Nigoh” ijodiy seminari muhokamalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi 02-11-18/02-3146-son ma’lumotnomasi) Natijada O‘zbekiston kino san’atida komediya janrining rivoji ijodkorlarning mahorati va professional ko‘nikmalariga bog‘liqligi, bu jarayonda komediya janri taraqqiyotini belgilashda kinoijodkorlarning individual yondoshuvlari hamda qarashlari, madaniyat sohasida, yoshlarni haqiqiy san’atni anglashga o‘rgatishga xizmat qilgan;
o‘zbek badiiy kinosining taraqqiyot bosqichlarida komediya janrining evolyusiyasi va transformatsiyasi natijasida “musiqiy komediya”, “lirik komediya”, “satirik komediya”, “sarguzasht komediya”, “ijtimoiy komediya”, “maishiy komediya” kabi modellari shakllangani asoslangan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma'rifat” telekanalining “Kinotalqin” hamda “Soyasiz yulduzlar” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma'rifat” telekanali”ning 2023 yil 29 sentyabrdagi 01-02-02/198-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalar badiiy kino jarayonlarini jamiyat estetik va manaviy taraqqiyoti manfaatlariga yo‘naltirish, o‘zbek komediya janridagi filmlar rivojini yaxlit o‘rganish, filmlarning badiiy hamda g‘oyaviy mutanosibligini ta’minlash, badiiy jihatdan mukammal kinossenariylarni saralash, tomoshabinlarning ma’naviy olamini va estetik didini o‘stirish imkonini bergan;
komediya janridagi filmlarda kuchli badiiy obrazlilik, hozirjavoblik, muammolarni bilvosita aks ettirish xususiyatlari mavjudligi bois, jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangani bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Kino tarixidan” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 10 oktyabrdagi 02-32-154-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kino tarixidan” ko‘rsatuvida ilgari surilgan nazariy fikrlar va keltirilgan ma’lumotlar o‘zbek badiiy kinosi tarixini o‘rganish, uning shakllanish bosqichidagi asosiy jarayonlar va alohida xususiyatlari haqida keng auditoriyani xabardor qilish imkoniyatini bergan.