Muradov Farxat Muxmudjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tuzishda tabaqalashtirilgan yondashuv mexanizmi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.1027.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratillo Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bobomurodov Norpulot Shirinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tabaqalashtirish orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tuzishda nozologik turlari bo‘yicha (tiflo, surdo, oligofren) tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlarni o‘zlashtirish uchun mos bo‘lgan jismoniy komplekslarini korreksiya qilishga yo‘naltirilgan (rels, labirint kabi) mashqlarni bajartirish hisobiga mayda, yirik va sensomotorikani rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi hamda nozologiyasiga to‘g‘ri keladigan variativ mashqlar majmui, jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining me’yoriy hujjatlari shakl va mazmuni oddiy, murakkab sport elementlari bo‘yicha taktil, vizual, sodda-elementar tanlab takomillashtirish hisobiga optimallashtirilgan;
imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalar nozologik tiplari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga harakatli o‘yinlar majmuini (zaif ko‘ruvchi, zaif eshituvchi, aqli zaif) tabaqalashtirishda diqqatni jamlashga qaratilgan fazo va makonda mo‘ljal olish, syujetli-drama o‘yinlarini yo‘naltirish hisobiga jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining nozologik tiplarini jismoniy sifatlari va asosiy harakat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlar, variativ mashqlar hamda zaruriy harakat faoliyatini tabaqalashtirib o‘rgatish bo‘yicha kompleks mexanizmni “Ohista qadam” variativ dasturining mazmuniga singdirish hisobiga imkoniyati cheklangan shaxslarni harakat faolligi kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tuzishda tabaqalashtirilgan yondashuv mavzusi yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun harakatli o‘yinlarning turlari, tasnifi, bajarilishi bo‘yicha ularni maqsadli tanlash va tabaqalashtirish bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 07 dekabrdagi 648-son buyrug‘iga asosan 648-030 raqamli guvohnoma). Natijada, 5-7 yoshli bolalarda funksional ko‘rsatkichlari 10,2% ga rivojlangan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish va harakatlarni bajarishda yirik, mayda motorika va sensomotorika sezgilarini rivojlantiruvchi variativ mashqlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar Chirchiq shahri 30-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 06-01/06/13/6061-son ma’lumotnomasi). Natijada, imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning yirik, mayda motorika va sensomotorika sezgilarini rivojlantirish 12,6% ga oshgan;
imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalar nozologiyasiga qarab mushaklar ishlash tonusini oshirishga qaratilgan harakatli o‘yinlarni tabaqalashtirish bo‘yicha takliflar Chirchiq shahri 30-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 06-01/06/13/6061-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-7 yoshli imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko‘nikma va malakalari o‘rtacha 16,39%ga oshgan;
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiyasiga oid ish shakllari (taqvimiy reja, asosiy harakat turlarini rejalashtirish, sport musobaqalari rejasi, jismoniy sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil etish rejasi, yo‘riqchining ish rejasi) ishlab chiqilgan “Ohista qadam” dasturini qo‘llash bo‘yicha takliflar Chirchiq shahrining 30-sonli, Qibray tumanining 34-sonli, Mirzo Ulug‘bek tumanining 390-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tadbiq qilingan (Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2022 yil 31-avgustidagi Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining harakat faolligi 15-18%ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish