Karimov Doniyor Komil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh akrobatlarni boshlang‘ich sport ixtisosligi bosqichida maxsus harakat tayyorgarligining metodik xususiyatlari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped.4626.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fargʻona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Mars Narzievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sport ixtisosligi bosqichida 9-12 yoshli akrobatlarni maxsus harakat tayyorgarligining metodik xususiyatlari orqali samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tor ixtisoslashgan yosh akrobatlarning harakat texnikasini rivojlantirish uchun ikki blokli mashg‘ulot modulini qo‘llash hisobiga jismoniy rivojlanishiga va harakat tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni tanlangan ampula nuqtai nazaridan sportchilarni juft-guruhli turlariga maqsadli saralash tizimi takomillashtirilgan;
yosh akrobatlarni boshlang‘ich sport ixtisoslik bosqichida belgilangan statik, dinamik, xoreografik mashqlarni bajarish imkoniyatlarini takomillashtirish uchun guruhli turlariga saralashda balansli, surʼatli, birlashtirilgan uch bosqichli akrobatik mashqlar majmuasini o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga sportchilarni texnik tayyorgarlik darajasi oshirilgan;
har xil sport malakasiga ega bo‘lgan yosh akrobatlarni to‘rtlik guruhida sur’atli va balans mashqlarni samarali o‘zlashtirishlari uchun (3x3) maxsus mashqlarni variativ mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga yosh akrobatlarni klassifikatsion harakat amallari, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning fundamental faollik darajasini saqlab turish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh akrobatlarni bazaviy harakat faolligini oshirish uchun “pastki” guruh vakillariga bir variantli “yuqori” guruh vakillariga ikki variantli mashqlarni standartlashtirilgan sharoitlarda balans-temp texnik harakat amallari darajasini bajarishiga qarab takomillashtirish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport tasniflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan mashqlar majmui va unda qo‘llanilgan vosita va usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tor ixtisoslashgan yosh akrobatlarning harakat texnikasini rivojlantirish uchun ikki blokli mashg‘ulot modulini qo‘llash hisobiga jismoniy rivojlanishiga va harakat tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni tanlangan ampula nuqtai nazaridan sportchilarni juft-guruhli turlariga maqsadli saralash tizimi “Gimnastikani o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalat vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan 438 304 raqamli guvohnoma). Natijada, akrobatik elementlar texnikasini bajarish samaradorligi 13,8% ga oshirishga erishilgan;
yosh akrobatlarni boshlang‘ich sport ixtisoslik bosqichida belgilangan statik, dinamik, xoreografik mashqlarni bajarish imkoniyatlarini takomillashtirish uchun guruhli turlariga saralashda balansli, surʼatli, birlashtirilgan uch bosqichli akrobatik mashqlar majmuasini Farg‘ona viloyat gimnastikaga ixtososlashgan sport maktabi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-maydagi 04-01/04/20/5036-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh akrobatlarni musobaqalarda bajaradigan kompozitsiyalari (xoreografik harakatlar) 12,9% ga yaxshilangan;
har xil sport malakasiga ega bo‘lgan yosh akrobatlarni to‘rtlik guruhida sur’atli va balans mashqlarni samarali o‘zlashtirishlari uchun (3x3) maxsus mashqlarni variativ mashg‘ulotlarda qo‘llash, yosh akrobatlarni klassifikatsion harakat amallari, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Gimnastikani o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalat vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan 438 304 raqamli guvohnoma). Natijada, yosh akrobatlarni fundamental faollik darajasini saqlab turish imkoniyatlarini kengaytirish 13,7% ga oshirilgan;
yosh akrobatlarni bazaviy harakat faolligini oshirish uchun “pastki” guruh vakillariga bir variantli “yuqori” guruh vakillariga ikki variantli mashqlarni standartlashtirilgan sharoitlarda balans-temp texnik harakat amallari darajasini bajarishga qarab takomillashtirish samaradorligi Farg‘ona viloyati Quva tumani Sport maktabi hamda Andijon viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-maydagi 04-01/04/20/5036-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh akrobatlarning maxsus harakat tayyorgarligini 13,5% ga o‘sishiga erishilgan.