Isanov Xolmurod Ruzievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fors-major – fuqarolik-huquqiy kategoriya sifatida: nazariya va amaliyot”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Yu152.
Ilmiy maslahatchi: Oqyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD/37/27.02.2020.Yu.107.01raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidahrorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Aminjanova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, professor; Shodmonov Furqat Mamayusupovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Dissertatsiyaning maqsadi fors-major holatining mazmun-mohiyati va uni tartibga solishning fuqarolik-huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishga oid ustuvor  yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolik-huquqiy ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fors-major holatiga nisbatan turlicha yondashuv va talqin etishlarni bartaraf etish maqsadida, uning favquloddalik, muqarrarlik, taraflar nazoratidan tashqari to‘siq va nisbiylik belgilari mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Mehnat, Soliq va Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, uning qabul qilinishi zarurati asoslantirilgan;
fuqarolik huquqiy munosabatlarda adolat va insofni qonunlarda mujassamlashtirish haqida sivilistika doktrinasi tamoyillarini hisobga olish, fors-major holatining huquqiy va nohuquqiy nazariyasi asoslari, normativ negizi mavjudligi investision muhit jozibadorligini oshirishi va xorijiy rezidentlar ishonchini mustahkamlashi asoslantirilgan;
fors-major holati mavjudligini baholashning adolatli mezonlarini belgilash maqsadida yuzaga kelgan fors-major holatining favquloddalik, muqarrarlik, taraflar nazoratidan tashqari to‘siq va nisbiylik kabi belgilari, uning adolatli mezonlari sifatida tatbiq etilishi lozimligi asoslantirilgan;
sudlarda majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda fors-major holatiga oid qonun hujjatlarining to‘g‘ri va bir xilda qo‘llaishini ta’minlash maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fors-major holatiga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, uning qabul qilinishi zarurati asoslantirilgan;
respublika hududida fors-major holatlarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday tabiiy ofatlar va texnogen xavfli vaziyatlarni prognoz qilish natijasida olingan maʼlumotlarni bir joyga to‘plash, saqlash va ularni tezkor ravishda etkazib berish bo‘yicha maxsus xizmat – Yagona davlat raqamli axborotlar Markazi (YaDRAM) faoliyatini tashkil etish, ushbu “YaDRAM” mustaqil markaziy ijroiya organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi organlari tizimida faoliyat ko‘rsatishi va to‘plangan maʼlumotlarni raqamli axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali barcha xalq xo‘jaligi sohalari, shu jumladan har bir fuqaro va tadbirkorlik subektlariga tezkor ravishda manzilli etkazib berishni taʼminlash, shuningdek Yagona davlat raqamli axborotlar Markazi (YaDRAM) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hamda metodik baza yaratish zarurati asoslantirilgan.
    IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fors-major – fuqarolik huquqiy kategoriya sifatida: nazariya va amaliyot bo‘yicha olingan xulosa, taklif va tavsiyalar  asosida:
fors-major holatiga nisbatan turlicha yondashuv va talqin etishlarni bartaraf etish maqsadida, uning favquloddalik, muqarrarlik, taraflar nazoratidan tashqari to‘siq va nisbiylik belgilari mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Mehnat, Soliq va Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilinishi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  28- oktyabrdagi 625-son qarori bilan tasdiqlangan “Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining  2023-yil 5-dekabrdagi 12-15-124-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fors-major holatlari bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
fuqarolik huquqiy munosabatlarda adolat va insofni qonunlarda mujassamlashtirish haqida sivilistika doktrinasi tamoyillarini hisobga olish, fors-major holatining huquqiy va nohuquqiy nazariyasi asoslari, normativ negizi mavjudligi investision muhit jozibadorligini oshirishi va xorijiy rezidentlar ishonchini mustahkamlashi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi konstitusiyaviy qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida” 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-son Qonuni 3-moddasida o‘z aksini topgan va O‘zbekiston Respublikasining ”Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 42-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023-yil 19-dekabrdagi 04/1-13-34-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fors-major holatlari bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fors-major holati mavjudligini baholashning adolatli mezonlarini belgilash maqsadida, yuzaga kelgan fors-major holatining favquloddalik, muqarrarlik, taraflar nazoratidan tashqari to‘siq va nisbiylik kabi belgilari, uning adolatli mezonlari sifatida tatbiq etilishi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 231-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan engib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 5-dekabrdagi 12-15-124-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fors-major holatlari bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
sudlarda majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda fors-major holatiga oid qonun hujjatlarining to‘g‘ri va bir xilda qo‘llaishini ta’minlash maqsadida,  ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fors-major holatiga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi va uning qabul qilinishi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining qarorini ishlab chiqishda foydalanilishi ma’lum qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 6-oktyabrdagi 9069-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fors-major holatiga oid huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
respublika hududida fors-major holatlarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday tabiiy ofatlar va texnogen xavfli vaziyatlarni prognoz qilish natijasida olingan maʼlumotlarni bir joyga to‘plash, saqlash va ularni tezkor ravishda etkazib berish bo‘yicha maxsus xizmat – Yagona davlat raqamli axborotlar Markazi (YaDRAM) faoliyati tashkil etilishi, ushbu “YaDRAM” mustaqil markaziy ijroiya organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi organlari tizimida faoliyat ko‘rsatishi va to‘plangan maʼlumotlarni raqamli axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali barcha xalq xo‘jaligi sohalari, shu jumladan har bir fuqaro va tadbirkorlik subektlariga tezkor ravishda manzilli etkazib berilishini taʼminlash, shuningdek Yagona davlat raqamli axborotlar Markazi (YaDRAM) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hamda metodik baza yaratilishi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 19-dekabrdagi 12-15-128-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fors-major holatlari bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish