Xakimjonova Hamidaxon Xakimjon qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy kompetentliligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirish (Malaka oshirish tizimi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1593.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim tizimi rahbar va pedagoglarining kasbiy kompetentliligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida rahbar va pedagoglarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun motivatsiyasi, o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, o‘quv jarayoniga ixtiyoriy jalb qilish, ta’lim jarayonini ob’ektiv baholash va tuzatish imkonini beruvchi tanqidiy fikrlash, ta’lim tarkibi, jarayoni, ta’lim natijalari haqida fikr yuritish qobiliyati, ta’lim beruvchining andragogik kompetensiyasi, o‘qitishning andragogik modelini amalga oshirishning sub’ektiv omillar tizimi ishlab chiqilgan;
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish traektoriyasi bosqichlari erkinlik, tajribaga tayanish, ehtiyojga asoslanish, tenglik pozisiyasi, hamkorlikni yo‘lga qoyish yondashuvlarini qo‘llash asosida rivojlantirilgan;
tashkiliy - pedagogik sharoitlarni aniqlash orqali rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish metodikasi andragogik yondashuvga ko‘ra ishlab chiqilib, “Ta’lim natijalariga mo’ljallangan o’quv jarayonini tashkil etish”, “Andragogika, katta yoshdagilar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari”, “O‘quv-me’yyoriy hujjatlar bilan ishlash”, “Stajirovka”, “Professional ta’lim muassasalarida katta yoshdagilar ta’limini tashkil etish” o‘quv modullari mazmuniga singdirilgan;
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining andragogik yondashuv asosida kasbiy kompetentliligini rivojlanganlik darajasi (optimal, potensial, minimal) va baholash mezonlari (aksiologik, kognitiv, operativ, analitik-refleksiv, integral, individual-ijodiy) motivatsion-maqsadni belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik amaliy takliflar asosida:
professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarida o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasi, o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, o‘quv jarayoniga ixtiyoriy jalb qilish, ta’lim jarayonini ob’ektiv baholash va tuzatish imkonini beruvchi tanqidiy fikrlash, ta’lim tarkibi, jarayoni, ta’lim natijalari haqida fikr yuritish qobiliyati hamda ta’lim beruvchining andragogik kompetensiyasini rivojlantirishga oid takliflar “Kattalar ta’limi global dasturi Curriculum globALE” qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 2 avgustdagi 4/17-4/4-2896-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarining o‘quv-me’yoriy hujjatlari andragogik yondashuv asosida ishlab chiqilishiga erishilgan;
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish traektoriyasi bosqichlari, erkinlik, tajribaga tayanish, ehtiyojga asoslanish, tenglik pozisiyasi, hamkorlikni yo‘lga qoyish yondashuvlarini qo‘llashga oid takliflar “O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi tizimidagi xodimlar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish” nomli ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 2 avgustdagi 4/17-4/4-2896-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy kompetentliligi oshishiga xizmat qilgan;
andragogik yondashuv asosida tashkiliy - pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash orqali rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish metodikasi “Ta’lim natijalariga mo‘ljallangan o‘quv jarayonini tashkil etish”, “Kasbiy kompetentlik” modullari bo‘yicha elektron didaktik ta’minot hamda “Andragog xazinasi” metodik ishlanmalar mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 2 avgustdagi 4/17-4/4-2896-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining o‘z ustida mustaqil ishlashi orqali kasbiy kompetentliligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish