Yusupov Nodir Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarni virtual ta’lim vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” (texnikumlarning veterinariya medisinasi ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5261.
Ilmiy rahbar: Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak veterinarlarni tayyorlash jarayonini sintez qilish, ijodiy faollik, konvergent, divergent fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti virtual ta’lim vositalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’limda bo‘lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va baholovchi komponentlar uzviyligida hamda virtual ta’lim vositalarining moslashuvchanlik, uzlyuksizlik, ochiqlilik, interaktivlik imkoniyatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli singdirish orqali takomillashtirilgan:
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi tizimlilik, izshillik, o‘quv materialining o’zaro ta’siri, muvofiqlik, vizual o’qitish tamoyillariga ustuvorlik berisha ko‘ra virtual laboratoriyalarning imkoniyatini darajalash asosida takomillashtirilgan;
rrofessional ta’lim muassasalarida bo‘lajak veterinarlarni kasbiy kompetentligi rivojlanganligining motivatsion, kognitiv va kreativ mezonlari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish asosida optimallashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rrofessional ta’lim muassasalarida virtual ta’lim texnologiyasi asosida mutaxassislik fanlarni o’qitish orqali bo’lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo’yisha ishlab shiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak veterinarlarning tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik, konvergent, divergent fikrlash ko‘nikmasini hamda kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti Veterinariya mikrobiologiyasi mutaxassislik fanlari bo’yisha virtual ta’lim va o’qitish texnologiyalari asosida takomillashtirilgan takliflardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2021-2023-yillarda bajarilgan “Energiya jihatidan samarador texnologiyalarni joriy qilish sharoitida qurilish tarmog‘i uchun malakali kadrlarni ijtimoiy sheriklik asosida tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Professional ta'limni rivojlantirish institutining 2023 yil 5 sentyabrdagi ZX-01/01-116-son ma'lumotnomasi). Natijada ushbu taklif rrofessional ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarni o’qitish orqali bo’lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’limda veterinarlarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy tuzilmaviy modeli, maqsadli, mazmunli, jarayonli va baholovchi komponentlarini uzviyligida hamda virtual ta’lim vositalarini moslashuvchanlik, uzlyuksizlik, ochiqlilik, interfaollik imkoniyatlarini mazmuniga singdirish orqali takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar va takliflar Sirdaryo agrotexnologiyalar, G‘allaorol agrotexnologiyalar, Samarqand veterinariya medisinasi hamda Romitan agrotexnologiyalar oliygohlarining o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 02/17-1302-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’limda veterinarlarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak veterinarlarning kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi tizimlilik, izshillik, o‘quv materialining o’zaro ta’siri, muvofiqlik, vizual o’qitish tamoyillariga ustuvorlik berish orqali virtual laboratoriyalarning imkoniyatini darajalash asosida takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar va takliflardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2021-2023-yillarda bajarilgan “Energiya jihatidan samarador texnologiyalarni joriy qilish sharoitida qurilish tarmog‘i uchun malakali kadrlarni ijtimoiy sheriklik asosida tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Professional ta'limni rivojlantirish institutining 2023 yil 5 sentyabrdagi ZX-01/01-116-son ma'lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar o’quvshilarning mustaqil ta’limiy faoliyatining rivojlantirishga, bo’lajak veterinarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan;
    rrofessional ta’lim muassasalarida bo‘lajak veterinarlarni kasbiy kompetentligini rivojlanganligining motivatsion, kognetiv va kreativ mezonlari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlariga ustivorlik berish asosida optimallashtirishga oid takliflardan Sirdaryo agrotexnologiyalar, G‘allaorol agrotexnologiyalar, Samarqand veterinariya medisinasi hamda Romitan agrotexnologiyalar oliygohlarining o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 02/17-1302-son ma’lumotnomasi). Natijada, rrofessional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlanganligining motivatsion, kognetiv va kreativ mezonlari, baholash tizimini optimallashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish