Nulloev Ulug‘bek Annazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqishlari orqali kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (texnika OTMlarida xorijiy tillarni o‘rganish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim - tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Ped4156
Ilmiy rahbar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.2019.T.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bahadirov Jaxangirmirzo Abdumajidovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqishlarini oshirish orqali kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish asosida o‘qitish orqali talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ingliz tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning qiyosiylik, tushunarlilik tamoyillari va til o‘rganish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etish va vizual kontekstlarga singdirish aniqlashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish orqali o‘qitishda talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish modeli individuallik, differensiallik ustuvorligida tayyorlangan kasbiy matnlarni lug‘at o‘zlashtirilishining passivlik va faollik darajalariga yo‘naltirilgan kompentensiyaviy o‘qitish muhitida tezkor takrorlash munosabatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish asosida o‘qitish texnologiyalari bo‘lg‘uchi mutaxassislarda o‘qish, yozish, tinglash, so‘zlash malakalarini intensiv rivojlantirishga mo‘ljallangan “Kommunikativ til ta’limi” metodikasidan kognitiv-lingvistik muhitda qayta aloqali munosabatda qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish orqali o‘qitishning axborot-didaktik ta’minoti talabalarda fonematik eshituv va yozuv texnikasini qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan kasbiy nutqiy matnlarni multisensor (audial, vizual, kinestetik)li til o‘rganish jarayonida murakkablik darajalarga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish asosida o‘qitish orqali talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish asosida o‘qitish orqali talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ingliz tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning qiyosiylik, tushunarlilik tamoyillarini til o‘rganish jarayonida uchraydigan til qiyinchiliklarini bartaraf etishda vizual kontekstlarga singdirishga oid takliflardan 5430100- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bakalavriat ta’lim yonalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-81-sonli malumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat talim yoʼnalishlari uchun ingliz tili fani o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmunini optimallashtirish, ta’lim mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish asosida o‘qitish orqali talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish modeli individuallik, differensiallik ustuvorligida tayyorlangan kasbiy matnlarni lug‘at o‘zlashtirilishining passivlik va faollik darajalariga yo‘naltirilgan kompentensiyaviy o‘qitish muhitida tezkor takrorlash munosabatida qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Britaniya Kengashining (EnSPIRE-U- “English for Specific Purposes Integrated Reforms in Uzbekistan”) (Ingliz tili maxsus maqsadlarda, O‘zbekistonda integrallashgan reformalar, 2015-2019 yy., 87-04-1622) va (“English as a Medium of Instruction”) – Ingliz tilini maxsus instruksiyalar orqali o‘qitish metodikasi, 2019-2022yy., 87-03-3816) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-81-sonli malumotnomasi). Natijada talabalarda xorijiy tillar bo‘yicha kommunikativ komretentlikni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqtirish asosida o‘qitish texnologiyalari bo‘lg‘usi mutaxassislarda o‘qish, yozish, tinglash, so‘zlash malakalarini intensiv rivojlantirishga mo‘ljallangan “kommunikativ til ta’limi” metodikasidan kognitiv-lingvistik muhitda qayta aloqali munosabatda qo‘llashga doir ishlanmalari, tavsiyalari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Jizzax politexnika instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlarining ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-81-sonli malumotnomasi). Natijada, talabalarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish, tilni o‘zlashtirish malakalari bo‘yicha turg‘un ko‘nikma va tasavvurlarni kengaytirish imkoniyatini oshirishga erishilgan.