Zakirova Feruza Gulyamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar vazirligi xodimlari va kursantlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD /Ped4743.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ishlar organlari xodimlari va kursantlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini shakllantiruvchi uzluksiz tuzilmasi didaktik va metodik tamoyillarga ko‘ra maxsus kompetensiyalarga professional yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda hamda ruhiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy kompetentlik mexanizmi ijtimoiy bilimlar mazmuni darajasi, ijtimoiy normalar, ijtimoiy nazorat va sanksiya unsurlarini tibbiy kompetensiya unsurlariga o‘quv-uslubiy bloklar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetensiyasi shakllanishida ijtimoiy adaptatsiya jarayonining ilk bosqichida yuzaga keluvchi ruhiy, fiziologik va ijtimoiy-psixologik to‘sqinlarni bartaraf etishga qaratilgan praksiologik model nazariy, empirik va pragmatik tamoyillar tashkiliy-mazmunli, metodologik va diagnostik bloklarga ajratish asosida takomillashtirilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini oshirishga qaratilgan didaktik ta’minot «Inson qadri uchun» tamoyili talablariga mos ravishda shaxsning aqliy va jismoniy kamolotini izchil ta’minlash talablariga ta’lim mexanizmlarini loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari xodimlari va kursantlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini shakllantiruvchi uzluksiz tuzilmasi didaktik va metodik tamoyillarga ko‘ra maxsus kompetensiyalarga professional yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasining 2023 yil 12 iyundagi 23/881-son ko‘rsatmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 10 dekabrdagi 2/3485-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlari va kursantlari tibbiy-ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda hamda ruhiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy kompetentlik mexanizmni ijtimoiy bilimlar mazmuni darajasi, ijtimoiy normalar, ijtimoiy nazorat va sanksiya unsurlarini tibbiy kompetensiya unsurlariga o‘quv-uslubiy bloklar integratsiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 15 martdagi 136-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tarkib orasida tibbiy madaniyatni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 10 dekabrdagi 2/3485-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan takliflar ichki ishlar organlari xodimlari va kursantlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini ijtimoiy normalar asosida takomillashuviga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetensiyasini shakllantirishda ijtimoiy adaptatsiya jarayonining ilk bosqichida yuzaga keluvchi ruhiy, fiziologik va ijtimoiy-psixologik to‘sqinlarni bartaraf etishga qaratilgan praksiologik model nazariy, empirik va pragmatik tamoyillarni tashkiliy-mazmunli, metodologik va diagnostik bloklarga ajratish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiining 2022 yil 12 sentyabrdagi 365-son “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlar salomatligini asrash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiining 2023-yil 10 dekabrdagi 2/3485-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlari va kursantlari tibbiy-ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari aniqlashtirilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini oshirishga qaratilgan didaktik ta’minot «Inson qadri uchun» tamoyili talablariga mos ravishda shaxsning aqliy va jismoniy kamolotini izchil ta’minlash talablariga ta’lim mexanizmlarni loyihalashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 15 avgustdagi 100-son bayoni 4.1. “shifokorbay ishlash tizimi” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 10 dekabrdagi 2/3485-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini oshirishga qaratilgan didaktik ta’minotni mul`timediaviy resurslar asosida shakllantirishga xizmat qilgan.