Usmonova Saidaxon Gulamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orto-, para-propargiloksibenzaldegidlar asosida 1,2,3-triazol hosilalari sintezi va ularning kimyoviy xossalarini o‘rganish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K375.
Ilmiy rahbar: Abdugafurov Ibragimdjan Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi  DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, kimyo kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov Hasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: orto-, para-propargiloksibenzaldegidlar asosida 1,2,3-triazol hosilalari sintezi va ularning kimyoviy xossalarini o‘rganish, hamda texnologik sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor orto,-para-proprgiloksibenzaldegidlar asosida 1H-1,2,3-triazol hosilalari sintezi 1,3-dipolyar siklobirikish mexanizmi asosida amalga oshirilgan;
orto-propargiloksibenzaldegidlarning arilazidlar bilan reaksiyasi natijasida aromatik halqada elekrtonoakseptor guruhlarining H˂ Br˂ –COOH˂ ¬NO2 qatorida faolligi ortishi bilan triazol halqasi barqarorligi oshishi aniqlangan.
2-((1-almashingan fenil-1H-1,2,3-triazol-4-il)metoksi)benzaldegid reaksiya-larining borishiga ertuvchilarning ta’siri o‘rganilganda: mahsulotlarning yuqori unumlarda hosil bo‘lishida maqbul erituvchi toluol ekanligi aniqlangan;
2-((1-almashingan fenil-1N-1,2,3-triazol-4-il)metoksi)benzaldegidlar sintezi-ni amalga oshirishda qo‘llanilgan katalizatorlarning quyidagi Cu2Cl2 ˂ Cu2Br2 ˂ Cu2J2 qator bo‘yicha faolliklarining ortishi aniqlangan;
fenilgidrazin molekulasidagi aromatik halqaga elektronoakseptor - nitro guruhining kiritilishi amino guruhning nukleofilligini kamaytiradi. Shuning uchun fenilgidrazin aldegidlar bilan para-nitrofenilgidrazinga nisbatan  osonroq reaksiyaga kirishishi aniqlandi;
oksibenzaldegidlarning propargil efirlari va 4-((1-fenil (4-almashingan fenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metoksibenzaldegidlarni olinish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi sintez qilingan 1,2,3-triazol hosilalari va ularning kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan birikmalardan 2 ((1-fenil-1N-1,2,3-triazol-4-il)metoksi) benzaldegid, 2((1-(4-bromfenil-1N-1,2,3-triazol-4-il)metoksi) benzaldegid, 2((1-(4-nitrofenil-1N-1,2,3-triazol-4-il)metoksi)benzaldegid,2-(4-(2-formilfenoksime-til)-1N-1,2,3-triazol-1-il)benzoy kislota, 4-((1-fenil-1N-1,2,3-triazol-4-il) metoksi) benzaldegid, 4-((1-bromfenil-1N-1,2,3-triazol-4-il) metoksi)benzaldegid, 4-((1-nitrofenil-1N-1,2,3-triazol-4-il)metoksi)benzaldegid, 2-(4-(2-formilfenoksi-metil)-1N-1,2,3-triazol-1-il)benzoy kislota, 4-(4-(4-formilfenoksimetil)-1N-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislota “Muborak gazni qayta ishlash” zavodi MChJ da metall konstruksiyalar va qurilmalardagi biokorroziya keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshi ingibitor sifatida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023-yil 12-apreldagi №VP5/UT-2018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan birikmalar metall konstruksiyalari va qurilmalarining ekspluatatsion muddatini uzaytirish imkonini bergan;
orto-, para-propargiloksibenzaldegidlar asosida sitez qilingan 1,2,3-triazol va uning hosilalari, ularning kimyoviy xossalarini o‘rganish texnologiyasi asosida geterotsiklik birikmalarning yangi birikmalarini sintez qilish Tojikiston Milliy akademiyasining V.I.Nikitin nomidagi kimyo instituti “Organik sintez” laboratoriyasida amaliyotda qo‘llanilgan (V.I. Nikitin nomli kimyo institutining 2023 yil 24 aprel № 4/10 sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish