Isxakova Nargiza Patxillaevnaning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli transformatsiyalash sharoitida axborot tizimlarida asosiy vositalar xisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit hamda 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3361.
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonov Karimjon Bokidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Raqamli transformatsiyalash sharoitida axborot tizimlarida asosiy vositalar xisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir birlik (to‘plam) uchun qiymati (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘n besh baravaridan ortiq bo‘lgan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalarini asosiy vositalar tarkibiga kiritish taklif etilgan holda ular hisobini aks ettirish uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi ishlab chiqilgan;
hisob siyosatiga 0131 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan mashina va uskunalar” 0231 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan mashina va uskunalarning eskirishi” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan holda ularni taxliliy (analitik) hisobi uchun  (1S: Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi ishlab chiqilgan;
hisob siyosatiga 0151 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalari” 0251 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalarining eskirishi” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan holda ularni taxliliy (analitik) hisobi uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi ishlab chiqilgan;
asosiy vositalarni tugatish munosabati bilan hisobdan chiqarish natijasida qabul qilinadigan boshqa asosiy vositalarni ta’mirlash uchun yaroqli qismlari va boshqa rangli va qimmatbaxo metallarini extimoliy foydalanish bahosini belgilash asosida kirim qilish hamda alohida ishchi schyotlarda aks ettirish taklif etilgan holda ularni taxliliy (analitik) hisobi uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformatsiyalash sharoitida axborot tizimlarida asosiy vositalar xisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir birlik (to‘plam) uchun qiymati (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘n besh baravaridan ortiq bo‘lgan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalarini asosiy vositalar tarkibiga kiritish taklif etilgan holda ular hisobini aks ettirish uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi taklifi “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati”ga kiritilgan hamda (1S:Korxona) platformasida o‘z aksini topgan. Natijada asosiy vositalar tarkibida kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalarini hisobi bo‘yicha axborotlarni aniqliligi va shaffofligini ta’minlash hamda ular hisobini (1S:Korxona) platformasida alohida yuritish imkoniyati yaratilgan;
hisob siyosatiga 0131 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan mashina va uskunalar” 0231 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan mashina va uskunalarning eskirishi” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan holda ularni taxliliy (analitik) hisobi uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi taklifi “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan hamda (1S:Korxona) platformasida o‘z aksini topgan. Natijada davlat subsidiyasi hisobiga olingan mashina va uskunalarga hisoblangan eskirish qiymatini moliyaviy natijalarda aks ettirishda axborotlarni aniqliligi va shaffofligini ta’minlash hamda ular hisobini (1S:Korxona) platformasida alohida yuritish imkoniyati yaratilgan;
hisob siyosatiga 0151 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalari” 0251 “Davlat subsidiyasi hisobiga olingan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalarining eskirishi” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan holda ularni taxliliy (analitik) hisobi uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi taklifi “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan hamda (1S:Korxona) platformasida o‘z aksini topgan. Natijada davlat subsidiyasi hisobiga olingan kompyuter qurilmalari va hisoblash mashinalariga hisoblangan eskirish qiymatini moliyaviy natijalarda aks ettirishda axborotlarni aniqliligi va shaffofligini ta’minlash hamda ular hisobini (1S:Korxona) platformasida alohida yuritish imkoniyati yaratilgan;
asosiy vositalarni tugatish munosabati bilan hisobdan chiqarish natijasida qabul qilinadigan boshqa asosiy vositalarni ta’mirlash uchun yaroqli qismlari va boshqa rangli va qimmatbaxo metallarini extimoliy foydalanish bahosini belgilash asosida kirim qilish hamda alohida ishchi schyotlarda aks ettirish taklif etilgani holda ularni taxliliy (analitik) hisobi uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi taklifi “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan hamda (1S:Korxona) platformasida o‘z aksini topgan. Natijada asosiy vositalarni tugatish munosabati bilan hisobdan chiqarish natijasida qabul qilinadigan boshqa asosiy vositalarni ta’mirlash uchun yaroqli qismlari va boshqa rangli va qimmatbaxo metallarga oid axborotlarni aniqliligi va shaffofligini oshirish hamda ular hisobini (1S:Korxona) platformasida alohida yuritish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish