Niyozov Norbek Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezining morfologik o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2632.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Qaxorov Zafar Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: onadagi tajribaviy gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezida kechadigan morfologik o‘zgarishlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezining (og‘irligi, uzunligi, kengligi va qalinligi) anatomik ko‘rsatkichlarning nazorat guruhiga nisbatan ishonchli o‘sishi aniqlangan;
gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezining ekzokrin qismida distrofik, destruktiv va atrofik o‘zgarishlarning morfologik belgilarining rivojlanishi asoslangan;
postnatal ontogenezning turli davrlarida tajribaviy gipotireoz sharoitida me’da osti bezining ekzokrin hujayralarida atsinus hujayralarining diametri va balandligi nazorat guruhiga nisbatan kichikroq ekanligi asoslangan;
distrofik o‘zgarishlar sababli me’da osti bezining endokrin qismidagi Langergans orolchalarining diametri kichrayishi, α- va β-hujayralarning hajmi va ularning nisbati qisqarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2023 yil 17 yanvardagi 01/057-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 17 avgustdagi 09-06798-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezining (og‘irligi, uzunligi, kengligi va qalinligi) anatomik ko‘rsatkichlarning nazorat guruhiga nisbatan ishonchli o‘sishi aniqlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 12.07.2023 yildagi 29/u-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 29/I-son amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz holatida me’da osti bezida kuzatiladigan anatomik jihatdan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, profilaktika, prognozlash va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamayadi va davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar onasida qalqonsimon bez gormonlarining etishmovchiligi natijasida tug‘ilgan bolalarning me’da osti bezi kasalliklarini erta bosqichlarda aniqlash va bolalarda kechadigan me’da osti bezi kasalliklarini oldini olish maqsadida  rejali  ravishda  skringdan  foydalanish  samaradorligini  asoslash uchun  tavsiya  etilgan  usul  har  bir  holat  uchun  15000  so‘mni  iqtisod qilishga olib kelishi mumkin. Xulosa: gestatsion gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezida kuzatiladigan anatomik jihatdan o‘zgarishlarni bilish erta tashhislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 15000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezining ekzokrin qismida distrofik, destruktiv va atrofik o‘zgarishlarning morfologik belgilarining rivojlanishi ilmiy asoslangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 12.07.2023 yildagi 29/u-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 29/I-son amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish uchun, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarni tushunish, bu o‘zgarishlar oqibatida kuzatiladigan asoratlarni erta prognozlash, davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida me’da osti bezining stromasidagi o‘zgarishlar, shishi, qon-tomirlarda qon dimlanishi kabi o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 150000 so‘mdan ortiq iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: onasida gipotireoz holatida tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezida kuzatiladagan distrofik, destruktiv va atrofik o‘zgarishlarni bilish va bu o‘zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: postnatal ontogenezning turli davrlarida tajribaviy gipotireoz sharoitida me’da osti bezining ekzokrin hujayralarida atsinus hujayralarining diametri va balandligi nazorat guruhiga nisbatan kichikroq ekanligi ilmiy asoslangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 12.07.2023 yildagi 29/u-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 29/I-son amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz holatida me’da osti bezida kuzatiladigan ul`trastrukturaviy va morfologik o‘zgarishlarni tushunish, bu o‘zgarishlar oqibatida kuzatiladigan asoratlarni erta prognozlash va davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan bolalarda kechadigan me’da osti bezi zararlanishini oldini olish maqsadida rejali ravishda skringdan foydalanish samaradorligini  asoslash uchun  tavsiya  etilgan  usul  har  bir  holat  uchun  15000 so‘mdan 30000 so‘mgacha iqtisod qilishga olib kelishi mumkin. Xulosa: gestatsion gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezida kuzatiladagan ultrastrukturaviy o‘zgarishlarni bilish pediatrlarga bu patologiyani to‘g‘ri tushunish va maqsadli davolash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 15000 so‘mdan 30000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: distrofik o‘zgarishlar sababli me’da osti bezining endokrin qismidagi Langergans orolchalarining diametri kichrayishi, α- va β-hujayralarning hajmi va ularning nisbati qisqarishi ilmiy asoslangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 12.07.2023 yildagi 29/u-son hamda, Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 29/i-sonli buyruq bilan fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz holatida me’da osti bezining endokrin qismida kuzatiladigan salbiy oqibatlarni tushunish, bu o‘zgarishlar natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta prognozlash va davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan bolalarda kechadigan me’da osti bezi zararlanishini oldini olish maqsadida rejali ravishda skringdan foydalanish samaradorligini  asoslash uchun  tavsiya  etilgan  usul  har  bir  holat  uchun  15000 so‘mdan 30000 so‘mgacha iqtisod qilishga olib kelishi mumkin. Xulosa: gestatsion gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezining endokrin qismi zararlanishini bilish pediatrlarga bu patologiyani to‘g‘ri tushunish va maqsadli davolash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 15000 so‘mdan 30000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish