Nurmamatov Abdumalik Shermatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ilk yoshdagi o‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z–o‘zini anglashiga kreativlikning ta’siri”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P134.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk yoshdagi o‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashiga kreativlik omilining ta’sirini aniqlash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirin yoshidagi kreativlik xususiyatini namoyon bo‘lishidagi gender farqlarga ko‘ra divergent tafakkurning moslashuvchanligi, xilma-xilligi, tezkorligini o‘g‘il bolalarda, verbal komponentini qiz bolalarda ustuvorligi tufayli shaxsning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashida differensiasiyaning mavjudligi dalillangan;
o‘spirinlarning muvaffaqiyatga intilish motivasiyasini namoyon bo‘lishidagi gender farqlar affilyasiya va lokus nazoratning “o‘zgalarga yordam berishga”, “qadriyatlarga” yo‘nalganlikka integrasiyasi moslashuvchan xulqning senzitivligini darajaviy rivojlanishiga olib kelganligi tufayli shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishidagi differensial tafavutlarga identiv ekanligi asoslangan;
o‘spirinlardagi kreativlik xususiyatini rivojlanishi tafakkkr tezligi, moslashuvchanligi, verballigi va ravonligi bilan bog‘liq sifatlarni hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashga integrativ namoyon bo‘lishi sababli shaxsning muvaffaqiyatga intilish motivini shakllanishiga identivligi dalillangan;
o‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashida individual-shaxsiy xususiyatlar (maqsad aniqligi, refleksiya, prognozlash)ni hamda “bilish ehtiyojini”, axborotlarga nisbatan “senzitivlik”ni kreativlik sifatiga o‘zaro uyg‘un rivojlanishi tufayli hayotiy orientatsiyaning ichki anglanganlik darajasini adekvatligiga ustuvorlik berish muhim ekanligi dalillangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk yoshdagi o‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z–o‘zini anglashida kreativlik ta’sirini tadqiq etish asosida:
o‘spirin yoshidagi kreativlik xususiyatini namoyon bo‘lishidagi gender farqlarga ko‘ra divergent tafakkurning moslashuvchanligi, xilma-xilligi, tezkorligini o‘g‘il bolalarda, verbal komponentini qiz bolalarda ustuvorligi tufayli shaxsning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashida differensiasiyaning mavjudligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-sentyabrdagi PM-70-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM-70-a-son ma’lumotnomasi). Natijada hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashda kreativlik omilining jinslararo tafovutlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlarning muvaffaqiyatga intilish motivasiyasini namoyon bo‘lishidagi gender farqlar affilyasiya va lokus nazoratning “o‘zgalarga yordam berishga”, “qadriyatlarga” yo‘nalganlikka integrasiyasi moslashuvchan xulqning senzitivligini darajaviy rivojlanishiga olib kelganligi tufayli shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishidagi differensial tafavutlarga identiv ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-sentyabrdagi PM-70-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM-70-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘spirinlarning muvaffaqiyatga intilish motivasiyasini namoyon bo‘lishidagi gender farqlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlardagi kreativlik xususiyatini rivojlanishi tafakkkr tezligi, moslashuvchanligi, verballigi va ravonligi bilan bog‘liq sifatlarni hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashga integrativ namoyon bo‘lishi sababli shaxsning muvaffaqiyatga intilish motivini shakllanishiga identivligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-sentyabrdagi PM-70-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM-70-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirin-yoshlar shaxsida kreativlik xususiyati tafakkur sifatlari bilan shartlanishini, hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglash kreativlik xususiyatlari bilan determinasiyalanishini asoslash imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashida individual-shaxsiy xususiyatlar (maqsad aniqligi, refleksiya, prognozlash)ni hamda “bilish ehtiyojini”, axborotlarga nisbatan “senzitivlik”ni kreativlik sifatiga o‘zaro uyg‘un rivojlanishi tufayli hayotiy orientatsiyaning ichki anglanganlik darajasini adekvatligiga ustuvorlik berish muhim ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-sentyabrdagi PM-70-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM-70-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z-o‘o‘zini anglashida individual-shaxsiy xususiyatlari va kreativlik omilining o‘zaro aloqadorligi hayotiy orientatsiyasining ichki anglanganlik darajasining adekvatligiga bog‘liqligini asoslash imkoniyati yaratilgan.