Akramov Alisher Ashuralievichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Urug‘lik chigitni delinterlash va dorilash uskunalarining samarali texnologik majmuasini ishlab chiqish”, 05.02.03 «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3 DSc /T671.
Ilmiy maslaxatchi: Quliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor;
Muhammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalish: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi urug‘lik chigit tayyorlash texnologik jarayonini samaradorligini oshiruvchi resurstejamkor delinter va dorilash mashinasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
urug‘lik chigitni samarali delinterlashda UChDM rusumli urug‘lik chigit delinterining arrali silindrlari o‘rniga kombinatsiyon arra-metall cho‘tkali silindrlar o‘rnatish bilan takomillashtirilgan delinter mashinasi ishlab chiqilgan;
delinterdagi chigit valigini arra-metall cho‘tkali silindrga ta’sir etuvchi kuchlarni delinterlash jarayonida ishchi kameradagi chigit zichligiga bog‘liqligini analitik taxlillari asosida olinadigan tuksizlantirilgan chigit va momiq miqdoriga ta’sirining matematik modeli olingan;
takomillashtirilgan delinter uskunasida chigit tuksizlantirish intensivligini oshirish va unung mexanik shikastlanganligini me’yor darajasidan oshib ketmasligini ta’minlash shartini asos qilib olgan xolda arra-metall cho‘tkali silindrlarini maqbul diametri va ish rejimi asoslangan;
amaldagi silliq olti qirrali baraban o‘rniga dorilangan chigitni aralashtirishni intensivlashtirish maqsadida uning ichki qismiga shaxmat usulida o‘rnatiladigan quvurli panjarali qo‘shimcha aktiv aralashtirgichlar ishlab chiqilgan;
dorilash to‘liqligini ta’minlash maqsadida olti qirrali aralashtirish barabani ichidagi quvurli panjaralarni miqdori, o‘rnatilish ketma-ketligi, baraban devoriga nisbatan o‘rnatilish burchagi va panjaradagi quvurlar orasidagi masofalar asoslangan;
ishlab chiqilgan dorilash uskunasida tukli va tuksizlantirilgan urug‘lik chigitlarni dorilash to‘liqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tanlab olingan va tajribalarni matematik rejalashtirish B3 usulidan foydalanib ko‘p omilli tajribalar natijasida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. UChDMning takomillashtirilgan arra-metall cho‘tkali barabanini konstruksiyasini ishlab chiqish ilmiy natijalari asosida:
UChDMning takomillashtirilgan arra-metall cho‘tkali barabani Namangan viloyatining Chust tumanidagi “Art Soft Textile Cluster” MChJ ga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 5 oktyabrdagi №03/22-739-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida delinterlash mashinasining ish unumdorligi 16,3 foizga ortdi va 2,5 foiz pux maxsuloti o‘rniga momiq maxsuloti olishga erishilgan.
Paxta chigitining takomillashtirilgan aralashtirgichining ishlab chiqilgan konstruksiyasi Buxoro viloyatining Romiton tumanidagi “BCT Cluster Agrokompleks” MChJ tizimidagi urug‘lik chigit tayyorlash sexiga joriy etilgan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 5 oktyabrdagi №03/22-739-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tukli urug‘lik chigitning dorilanish to‘liqligi 90-95% gacha oshishi xisobiga urug‘lik chigitning unib chiqishini 2-4% ga oshadi va urug‘larni ekish sarfini 8-10% ga kamayishiga erishilgan.