Djumaniyazov Muxammadjon Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yigirish korxonalaridagi qaytimlar va chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 05.06.02- To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2697
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh, ilmiy darajasi va unvoni:
Avazov Komiljon Raxmatovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Djunaeva Lola Anvarovna, texnika fanlari falsafa doktori, (PhD)
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi paxta tolasi va ishlab chiqarish texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan tolali chiqindilardan ip yigirishda samarali foydalanishning texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ip nisbiy uzilish kuchini hisoblashda kvadratik notekislik va uzilish jarayonida ishtirok etmaydigan tolalar uzunligini aniqlash usulidan foydalanilib iplarning nisbiy uzilish kuchini hamda paxta tolasidan yigirilgan ipning pishitishdagi qisqarishini inobatga olgan holda iplarning hisoblangan diametrini aniqlovchi formulalar ishlab chiqilgan;
rejali tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish orqali pnevmomexanik yigirish mashinasida ipning sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi parametrlari aniqlangan bo‘ltb diskretlash jarayoni ish unumdorligini oshirish va toladan chang ajralish samaradorligini oshirish maqsadida ikki kirimli tishli garniturali baraban ishlab chiqilgan;
ip notekisligini kamaytirish imkoniyatlarini tahlil qilgan holda olingan tadqiqotlar natijasida diskretlovchi barabanning yangi konstruktiv elementlari ishlab chiqilgan;
yigirish korxonalarida tolali chiqindilarni hamda past navli tolalar aralashmasini qayta ishlashda paxta tolasi, qaytimlar va tolali chiqindilardan sifatli ip olishda turli xil aralashmalarning maqbul tarkibini modellar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yigirish korxonalaridagi qaytimlar va tolali chiqindilardan samarali foydalanishning texnologik asoslarini hamda paxta tolasi va tolali chiqindilarning xossalarini ko‘rsatkichlarini o‘zgarishining ip xossalariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pnevmomexanik yigiruv mashinasining diskretlovchi barabanning yangi konstruktiv elementlari Xorazm viloyatidagi «TEXTILE FINANCE KHORAZM» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 19 sentyabrdagi №04/25-2022-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qayishqoq vtulkali diskretlovchi barabanchadan olingan ip sifati ko‘rsatkichlari 7 % oshganligi aniqlandi.